Malikov Ulug‘bek Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston tarixiy shaharlaridagi saroylar arxitekturasining shakllanish va rivojlanish an’analari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/A32.
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, yetakchi ilmiy hodim; Dosmetova Zuxra Shavkatovna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tarixiy shaharlaridagi saroylar arxitekturasining shakllanishi, tipologiyasi, me’moriy-rejaviy echimlari, fuksional tarkibi, ularning shaharsozlik joylashishi va konstruktiv tiplarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
saroy binolari me’moriy-tarhiy echimiga ko‘ra antik davrda to‘g‘ri to‘rtburchak rejali, bir-ikki qavatli, ko‘p hovli bo‘lganligi, ilk o‘rta asrlarda ular murakkab funksiyali, ikki-to‘rt qavat qilib qurilganligi aniqlangan;
saroylarni funksiyaviy-shaharsozlik tashkillashtirilishiga ko‘ra shahar ichidagi davlatning boshqaruv qarorgohlari, amir va xonlar saroylari, vazirlar va boy zodagonlarning hovli saroylari, hukmdorlarning shahar tashqarisidagi yozgi ko‘shk va chodir saroylari kabi tipologik turlarga bo‘linganligi isbotlangan;
tarixiy saroylar arxitekturasining peshtoq, gumbaz, toq va ravoq kompozisiyalari, girix, islimiy, kundal va muqarnas turidagi naqshlar zamonaviy saroylar arxitekturasining me’moriy-badiiy echimlarida qo‘llanilganligi dalillangan;
o‘rta asrlarda tarixiy saroylar asosan ko‘chmas va tizmali-yig‘mali ko‘chma konstruktiv echimga ega bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tarixiy shaharlaridagi saroylar arxitekturasining shakllanish va rivojlanish an’analarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
saroy binolari me’moriy-tarhiy echimiga ko‘ra antik davrda to‘g‘ri to‘rtburchak rejali, bir-ikki qavatli, ko‘p hovli bo‘lganligi, ilk o‘rta asrlarda ular murakkab funksiyali, ikki–to‘rt qavat qilib qurilganligi, o‘rta asrlarda tarixiy saroylarning ko‘chmas va tizmali-yig‘mali ko‘chma konstruktiv echimlarga ega bo‘lganligi haqidagi ilmiy xulosalar Navoiy va Buxoro viloyatlari madaniy meros boshqarmalari tomonidan tarixiy saroylarni aholiga dam olish maskanlari va turistik tomosha ob’ektlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 fevraldagi 02-16/1294-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning o‘tmishdagi tarixiy saroylari binolarini ta’mirlash, ularni saqlash va kelajak avlodlarga etkazish, saroylarni sayyohlik tomosha marshrutlariga kiritish imkoniyatlari yaratilgan;
saroylarning funksiyaviy-shaharsozlik tashkillashtirilishiga ko‘ra shahar ichidagi davlatning boshqaruv qarorgohlari, amir va xonlar saroylari, vazirlar va boy zodagonlarning hovli saroylari, hukmdorlarning shahar tashqarisidagi yozgi ko‘shk va chodir saroylari kabi tipologik echimlarga ega bo‘lganligi, tarixiy saroylar arxitekturasining, peshtoq, gumbaz, toq va ravoq kompozisiyalari, girix, islimiy, kundal va muqarnas turidagi naqshlar zamonaviy saroylar arxitekturasining me’moriy-badiiy echimlarida foydalanilganligi haqidagi dalillar Samarqand va Buxoro viloyatlari madaniy meros boshqarmalari tomonidan tarixiy saroylarni ta’mirlash, saqlash va ularni muhim madaniy meros ob’ektlari tarzida kelajak avlodlarga etkazish tadbirlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 01-02/BM-551-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston shaharlaridagi tarixiy saroylar binolari va arxitekturasiga doir ma’lumotlarni keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, tarixiy saroylarning jamiyatda tutgan o‘rni va rolidan zamonaviy amaliyotda samarali foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish