Abdurahimov Rustam Batirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro amirligi saroy-bog‘lari arxitekturasining rivojlanish tamoyillari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/A38.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Xayrullo Shomuborakovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Inog‘omov Baxtiyor Ismoilovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVI-XX asr boshiga oid Buxoro xonligining shahar tashqarisidagi saroy-bog‘lari me’morligi xususiyatlarini ochib berish, saroy-bog‘lar tipologiyasini aniqlash, yodgorliklarning grafik rekonstruksiya takliflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sitorai Mohi Xosaning Eski va Yangi saroylari Nasrulloxon, Muzaffarxon, Abdulaxadxon, Olimxonlar davrida shakllanganligi, shuningdek Abdulahadxon va Olimxonlar davrlarida rivoj topgan me’moriy-rejaviy va kompozision sifatlar boshqa saroy-bog‘larga ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
saroy-bog‘larning ma’muriy, dam olish va ov qilish uchun mo‘ljallangan funksiyalarga ega bo‘lganligi, barpo etilishiga ko‘ra esa tekis erda sun’iy ravishda, tabiiy to‘qayzor va daryolar hududiga tutash tarzda, tog‘li kaskadli rel`eflarga uyg‘un tarzda shakllantirilganligi dalillangan;
Buxoro amirligining Qrim, Sankt-Peterburgda joylashgan masjid, saroy-bog‘lar me’morligida an’anaviy va zamonaviy qorishiq “eklektik” uslub maktablari yaratilganligi hamda Qushbegi arxivi materiallariga ko‘ra mirt, dratsena, vayya, yustisiya, durman, aspidistra kabi buta va gul turlari, malus, kedr, banan kabi daraxt navlarining lanshaft echimlarida qo‘llanilganligi aniqlangan; 
ilk bor Karmanada joylashgan saroy-bog‘larning turistik xaritasi ishlab chiqilib, Karmanadagi Mirzachorbog‘, Buxorodagi Sherbudin saroy-bog‘larining grafik rekonstruksiyalari loyihaviy takliflari berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro amirligi saroy-bog‘lari arxitekturasining rivojlanish tamoyillari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Sitorai Mohi Xosaning Eski va Yangi saroylari Nasrulloxon, Muzaffarxon, Abdulaxadxon, Olimxonlar davrida shakllanganligi, shuningdek Abdulahadxon va Olimxonlar davrlarida rivoj topgan me’moriy-rejaviy va kompozision sifatlar boshqa saroy-bog‘larga ta’siri xususidagi xulosalar Madaniyat vazirligining turizm faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/658-son ma’lumotnomasi). Natijada saroy-bog‘larning tipologiyasining shakllanishi yuzasidan aniq tasavvur hosil qilish imkoniyati yaratilgan; 
saroy-bog‘larning ma’muriy, dam olish va ov qilish uchun mo‘ljallangan funksiyalarga ega bo‘lganligi, barpo etilishiga ko‘ra esa tekis erda sun’iy ravishda, tabiiy to‘qayzor va daryolar hududiga tutash tarzda, tog‘li kaskadli rel’eflarga uyg‘un tarzda shakllantirilganligi oid xulosalardan Madaniyat vazirligining turizm faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/658-son ma’lumotnomasi). Natijada saroy-bog‘larni qayta tiklash va restavrasiya qilishda ulardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
Buxoro amirligining Qrim, Sankt-Peterburgda joylashgan masjid, saroy-bog‘lar me’morligida an’anaviy va zamonaviy qorishiq “eklektik” uslub maktablari yaratilganligi hamda Qushbegi arxivi materiallariga ko‘ra mirt, dratsena, vayya, yustisiya, durman, aspidistra kabi buta va gul turlari, malus, kedr, banan kabi daraxt navlarining lanshaft echimlarida qo‘llanilganligi yuzasidan taklifi Madaniyat vazirligi arxiv ma’lumotlarini to‘ldirish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/658-son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar tashqarisidagi saroy-bog‘lar me’morligini o‘rganishda, yodgorliklarni saqlash deportamenti uchun obidalarga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan.
 ilk bor Karmanada joylashgan saroy-bog‘larning turistik xaritasi ishlab chiqilgan, Karmanadagi Mirzachorbog‘, Buxorodagi Sherbudin saroy-bog‘larining grafik rekonstruksiyalari loyihaviy takliflari yaratilganligi xususidagi xulosalardan Madaniyat vazirligining turizm faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/657-son ma’lumotnomasi). Natijada, Karmana tumanidagi saroy-bog‘lar ga oid ma’lumotlar to‘la yig‘ilgan, turistik xaritasi shakllantirilib, viloyatining ziyorat turizm salohiyatini oshirishga hamda ichki turizm faoliyatini rivojlantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish