Eshonqulov Jumanazar Sha’bonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammadsiddiq Hayrat va XIX asr oxiri - XX asr boshida tojik she’riyati an’analari”, 10.00.05 ˗ Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.4.PhD/Fil1057.
Ilmiy rahbar: Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroiljon Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xudoydodov A’zam Ovlododovich, filologiya fanlari doktori, professor (Tojikiston).  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Muhammadsiddiq Hayrat adabiy-ijodiy faoliyatini, poetik mahoratini XIX asr oxiri – XX asr boshi tojik she’riyati an’analari asosida ochish, shoir devonining janriy tarkibi, mavzular olami, motiv va obrazlariga xos xususiyatlarni aniqlashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Muhammadsiddiq Hayrat Buxoriyning ijodiy uslub manerasida tariqat, ma’rifat, vahdat, haqiqat kabi irfoniy qarashlarning xalqchilligi, metafora qo‘llashdagi tushunarlilik, xalq og‘zaki ijodiga yaqinlilik kabi jihatlarga ega ekanligi asoslangan; 
shoir devonining qo‘lyozma nusxalarida ishq, muhabbat, sadoqat, do‘stlik kabi g‘oyalar mavjudligi hamda tashbih, tajnis, majoz, istiora, ramz, kinoya kabi san’at turlari qo‘llanganligi dalillangan;
 Hayrat Buxoriy she’riyatida irsoli masal badiiy san’atini qo‘llashda, xalq maqollarini tanlashda ritm qonuniyatiga, misralarda ichki va tashqi qofiyalarni konstruktiv tuzishda aniqlikka rioya qilinganligi ochib berilgan; 
shoir lirikasida go‘zal badiiyat uyg‘unligini ta’minlashda lafziy va ma’naviy san’atlarning mutanosibligi, maqollarning poeziya tiliga yaqinligi, aforizmlarning tarbiyaviy ahamiyat kasb etganligi aniqlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Muhammadsiddiq Hayrat va XIX asr oxiri – XX asr boshida tojik she’riyati an’analarini tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Muhammadsiddiq Hayrat Buxoriyning uslub manerasidagi alohidalik, vaznning soddalagi, irfoniy qarashlarning xalqchilligi, metafora qo‘llashdagi tushunarlilik, xalq og‘zaki ijodiga yaqinlilik kabi xulosalardan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminatar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-FI-OO5 “Qoroqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 y.y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guminatar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 07 iyuldagi 15311-son ma’lumotnomasi). Natijada Turkistonda kechgan ma’rifatchilik harakatining badiiy adabiyotga ta’siri, mazkur davrdagi Buxoro adabiy muhitining o‘ziga xos ijodiy yo‘nalishlari, tojik-o‘zbek-qoraqalpoq adabiyotining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari haqida yaxlit va umumlashma xulosalarga kelish uchun asos bo‘lgan; 
shoir devonining qo‘lyozma nusxalari va ularning  kompozision tuzilishi, g‘oyaviy-badiiy jihatlari, qo‘llanilgan adabiy timsollarning rang-barangligi, folklorga xos qahramonlik, yaxshilik, ezgulik, vafo, sadoqat singari  motivlariga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Ranginkamon” turkumidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali DUKning 2021 yil 28 maydagi 01-13-855-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning qiziqarli va ilmiy-ommabop bo‘lishiga erishilgan;
Hayrat Buxoriy she’riyatidagi g‘azallar, ruboiylar, qit’alar hamda ularning g‘oyaviy, matniy, lingvostilistik xususiyatlari va irsoli masal, tazod, talmeh kabi badiiy san’atlarning qo‘llashdagi mahorati borasidagi xulosalardan B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti, Hozirgi zamon tojik adabiyoti kafedrasi tomonidan bajarilgan 2018-2022 yillardagi GR № 0118 TJ 00948 – “Omo‘zish, tahqiq va nashri osori adiboni oxiri asri XIX va avvali asri XX” (XIX asr oxiri va XX asr boshidagi adiblar asarlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish va chop etish) loyihasida foydalanilgan (B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2020 yil 7 oktyabrdagi 01/7246-son ma’lumotnomasi). Natijada Muhammadsiddiq Hayrat she’rlari tojik adabiy va milliy-ma’naviy merosining ajralmas qismi ekani, shoir she’riyatining poetik tahlili, unda zamonaviy muammolar konsepsiyasining in’ikosi, janrlar tipologiyasi, zamonaviy tojik she’riyati uchun yangi yo‘nalishlarning tasnifini amalga oshirish, tahlil qilish, izohlashda muhim manba qiyosiy o‘rganishda muhim nazariy manba vazifasini o‘tagan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish