Xo‘jaqulov Sirojiddin Xolmahmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari tojik adabiyotida lirik janrlarning tadrijiy takomil tamoyillari (an’ana va novatorlik)”, 10.00.05 ˗ Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fil241.
Ilmiy rahbar: Hamroev Jumaqul XXX, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Umurov Hotam Ikromovich, filologiya fanlari doktori, professor; Salimiy Nosirjon Yusufzoda, filologiya fanlari doktori, professor, akademik (Tojikiston); Solehov Shamsidin Aslidinovich, filologiya fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ma’rifatparvarlik va jadid adabiyotida lirik janrlar shakllanishining tarixiy-nazariy, ijtimoiy-siyosiy va adabiy-estetik asoslari, tadrijiy takomili va yangilanish tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari tojik adabiyotida lirik janrlarning o‘zgarmas mumtoz poetika qonuniyatlari asosida yangilanishi ochib berilgan;
tojik jadid she’riyatida “ishq”, “yor”, “ag‘yor”, “dil”, “qalb”, “mahbub”, “mehmon” “sayd”, “sayyod” kabi an’anaviy timsollarning sayqallanganligi, “ma’rifat”, “irfon”, “irshod”, “islohot”, “andisha” singari turkum noan’anaviy obrazlarning metaforik xususiyatlari asoslangan;
jadid lirikasida an’anaviy aruz vaznidan barmoq vazniga o‘tish, sochma (sochim)-qofiyasiz va vaznsiz she’riyatning yoyilish, qofiyalanish kombinatsiyalaridagi erkinlik kabi tamoyillar mavjudligi isbotlangan;
jadid she’riyatida axloqiy va falsafiy motivlarga kiruvchi ijtimoiy muhitga bog‘liq millat va xalq qayg‘usi, erk va ozodlik g‘oyalarining badiiy talqini, davr adabiyotining tatabu, nazira, payravlik, vorisiylik hamda novatorlik hodisalari asosida shakllanganligi aniqlangan;
milliy she’riyatning an’anaviy lirik qolipdagi poeziyadan ustunligi, “ash’ori ishqiya” va “ash’ori milliya” kabi paradoksial tushunchalarga egaligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, natija va ishlanmalar asosida:
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari tojik adabiyotida lirik janrlar tadrijiy takomili, badiiy tasvir vositalarining tabdili, metaforik obrazlarning an’anaviy va noan’anaviy ko‘rinishlari, barmoq va sochma vaznlarning xususiyatlari va bu borada chiqarilgan ilmiy xulosalardan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 06 iyundagi 17.01/172-son dalolatnomasi). Natijada XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari she’riyatining an’anaviy janrlar tizimi, ularning takomillashuvi mushtarak va uzluksiz jarayon ekanligi, lirik janrlarning fol`klor she’riy turkumlar asosida shakllanish tamoyillari to‘g‘risidagi xulosalarga asos bo‘lgan;
jadid adabiyotida milliy she’riyatning an’anaviy lirik qolipdagi poeziyadan ustuvorligi, uning yuksak tanqidiy, targ‘ibiy, tashviqiy ruhiyati, “ash’ori ishqiya” va “ash’ori milliya” kabi jadid adabiyotidagi paradoksial tushunchalar sharhiga oid ilmiy xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 08 avgustdagi 17.01/219-son dalolatnomasi). Natijada milliy ma’rifatparvarlik va jadid adabiyotida ro‘yo uslubida yaratilgan bir qator asarlar, ular tarkibidagi xayoliy fantastik hikoyalar, xususan turkum masnaviylarning evrilishi va ro‘yo uslubining ijodkor badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni haqidagi ilmiy-amaliy xulosalarga asos bo‘lgan;
milliy she’riyatning an’anaviy lirik qolipdagi poeziyadan ustunligi, “ash’ori ishqiya” va “ash’ori milliya” kabi paradoksial tushunchalarga egaligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 08 avgustdagi 17.01/219-son dalolatnomasi). Natijada milliy ma’rifatparvarlik va jadid adabiyotida ro‘yo uslubida yaratilgan bir qator asarlar, ular tarkibidagi xayoliy fantastik hikoyalar, xususan turkum masnaviylarning evrilishi va ro‘yo uslubining ijodkor badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni haqidagi ilmiy-amaliy xulosalarga asos bo‘lgan;
davr she’riyatining shakllanishida adabiy aloqalar va o‘zaro ta’sir o‘rni, she’riyat tili va uslubi, jadid she’riyatida milliy va tarixiy o‘zlikni anglash g‘oyalariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Ranginkamon” turkumidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda ma’rifatparvar va jadid shoirlari she’riyatidagi yuksak g‘oyaviy mazmun, ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirilgan mavzulardan tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali DUKning 2021 yil 03 iyundagi 01-12-950-son ma’lumotnomasi). Natijalar teleko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlanishda birlamchi metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan hamda tamoshobinlarni yangi davr tojik adabiyoti namunalari bilan tanishtirishda, ko‘rsatuvlarning qiziqarli va ommabop bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etgan.