Gopurova Gulchexra Faruxtdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir polimorf psixotik kasalliklarning klinik-immunologik paralellari», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1094.
Ilmiy rahbar: Sultanov Shoxrux Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurov Zarif Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori; Kamalov Zaynutdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir polimorf psixotik kasalligining klinik kechishida immun-tizim funksional holatining o‘rnini aniqlash va terapevtik chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tkir polimorf psixozlarda kortizol oshishi xisobiga nerv hujayralariga apoptogen ta’sir ko‘rsatuvchi Interleykin-6 (IL-6) sitokini faolligi bilan psixopatologik simptomlarining o‘tkir namoyon bo‘lishi va kasallikning reduksiyasi orasida musbat korrelyasiya aniqlangan;
ruxiy zo‘riqishdagi gomeostaz disbalans xisobiga immunologik parametrlarning (CD3+; CD4+; CD8+; CD95+T-limfotsitlar) funksional faolligini siljishi va psixopatologik simptomlarning o‘tkir cho‘zilgan kechishiga ta’siri isbotlangan;
o‘tkir psixoz turlarida klinik-dinamik kechishini va remissiyasini prognozlovchi psixopatologik qiyosiy tashxislovchi simptomlar aniqlangan;
o‘tkir psixozli bemorlarning psixopatologik buzilishlar davosiga yondashuvi patogenetik ta’sirli immunokorrektorlar qo‘shish bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
o‘tkir polimorf psixotik kasalliklar klinik turlarining dinamik kechishidagi farqlarini, kasallikning kechishida immun tizimining o‘rni va kasallikni davolash differensial tashhislashni va takomillashgan davolash-chora tadbirlarini amaliyotga tadbiq etish asosida:
o‘tkir polimorf psixotik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda olib borilgan klinik-immunologik diagnostika usullari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir polimorf psixotik buzilishlarda davolash profilaktik samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyunidagi 8n-z/206-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘tkir psixozni davolash profilak ishlarini optimallashtirish imkonini bergan;
o‘tkir polimorf psixotik kasalliklar bemorlar davolash sxemasiga immunokorrektor dori moddasini kiritish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir polimorf psixotik buzilishlarining davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 23 iyunidagi 8n-z/206-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘tkir psixozlarning prediktorlarni erta bartaraf etish, qayta hurujining oldini olish imkonini bergan;
o‘tkir polimorf psixotik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarni erta psixoz holatidan chiqarish, uzoq muddatli remissiyaga erishish, kasallikni endogen turdagi ruhiy kasallikka o‘tishini oldini olish maqsadida immunokorrektor bilan davolash orqali olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Urganch shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanserida, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri ruxiy-asab kasalliklari dispanserida, Farg‘ona viloyati narkologik dispanseri amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 yanvardagi 08-09/80-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari o‘tkir polimorf psixotik kasalliklar bilan kasallangan bemorlarda psixoz holatidan erta chiqarish va kasallikni erta residivini oldini olish, bu bilan iqtisodiy samaradorlikka erishish va ushbu kasallikka chalingan mehnatga layoqatli yoshlar qatlami orasida ruhiy nogironlikning oldini olish imkonini bergan.