Turdiboeva Nilufar Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qamishdan va paxta tozalash korxonalari chiqindilaridan kimyoviy qayta ishlash uchun yaroqli sellyuloza olish texnologiyasini yaratish hamda ular asosidagi organik materiallar», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T561.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qamishdan va paxta tozalash korxonalari chiqindilaridan kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza va ular asosidagi organik materiallar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qamish o‘simligi va paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida turli markali sellyulozalar olingan hamda ularni kimyoviy qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
qamish o‘simligi va paxta tozalash, to‘qimachilik sanoat korxonalarining tolali chiqindilari asosida olingan turli markali sellyulozalarning fizik-kimeviy hamda mexanik xossalari aniqlangan;
paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida tibbiyot gipsi uchun yuqori tozalikka ega bo‘lgan N-KMS olingan va uning fizik-kimeviy xossalari aniqlangan;
qamishdan va paxta tozalash korxonalari chiqindilaridan kimyoviy qayta ishlash uchun yaroqli sellyuloza olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qamish o‘simligi va paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida turli markali sellyulozalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qamish o‘simligi va paxta tozalash korxonalarining tolali chiqindilari asosida turli markali sellyulozalar olish texnologiyasi “Karbonam” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 20 dekabrdagi 03-17-5/202-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida kimyoviy qayta ishlashga yaroqli sellyuloza olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolardan olingan kimyoviy qayta ishlishga yaroqli sellyuloza asosida polianionli sellyuloza olish usuli “Karbonam” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 20 dekabrdagi 03-17-5/202-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta lintidan burg‘ulash eritmalari uchun stabilizator sifatida ishlatiladigan polianionli sellyuloza olish imkonini bergan.