Vosiqov Ulug‘bek Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan sharoitda aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlari”, 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi, 08.00.10 –Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1396.
Ilmiy rahbar: Sharifxadjaev Usman Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti, PhD.03/04.06.2021.1.133.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan sharoitda aholi daromadlar tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirish iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish munosabatlari tizimida moliyaviy natijaning notekis taqsimlanishi va aholi guruhlarining milliy daromaddan oladigan ulushidagi tafovutlariga ko‘ra, aholi daromadining tabaqalanishini opti-mallashtirish nazariy jihatdan asosalangan hamda aholi tabaqalanishi darajasi desil` koeffisentining 8-10 oralig‘ida bo‘lishi tavsiya etilgan;
tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun 600 mln. so‘mgacha naqd pul shaklida kredit ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aholining ishsiz, kambag‘al qatlamlari bandligini ta’minlashga mo‘ljallangan grant va subsidiyalar miqdorini kamida 25 foizga oshirish taklifi asoslangan;
xorijda mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo‘lgan ro‘yxatga olingan ishsiz va kambag‘al fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot, «usta-shogird» maktablariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratish taklifi assolangan;
mintaqalarda aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko‘paytirish va kambag‘allikdan chiqarishda mahallalar ixtisoslashuv yo‘nalishlarini (“O‘sish nuqtalari”) aniqlagan holdaa “mahalla - drayver” loihalari tashabbuskorlariga ko‘maklashish orqali mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan sharoitda aholi daromadlarini tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aholi daromadlari tabaqalanishini nazariy jihatdan optimallashti-rish hamda aholi tabaqalanishi darajasi desil` koeffisentining 8-10 baravar oralig‘ida bo‘lishi bo‘yicha takliflar “Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan sharoitda aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlari” mavzusida bajarilgan fundamental loyihada aholi daromadlari tabaqalanishi va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 28 may 02/11 – 3020-son ma’lumotnomasi). Nazariy takliflardan foydalanish tengsizlikning optimal darajasi orqali iqtisodiy usishni ragbatlantirish imkonini bergan;
tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun 600 mln. so‘mgacha naqd pul shaklida kredit ajratish to‘g‘risidagi taklifi “Ipoteka bank” ATIB tomonidan mikromoliyalashtirish amaliyotida qo‘llanilgan (“Ipoteka bank” ATIBning 2022 yil 4 apreldagi 12-3/3554-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratilgan kreditlari hajmi 2020 yilga (127,5 mlrd. so‘m) nisbatan 108,0 foizga oshib, 2021 yilda 186,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan;
aholining ishsiz, kambag‘al qatlamlari bandligini ta’minlashga mo‘ljallangan grant va subsidiyalar miqdorini kamida 25 foizga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son “«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida o‘z aksini topgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 dekabrdagi GC41144346-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga qo‘llanilishi asosida «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilishi ko‘zda tutilgan;
xorijda mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo‘lgan ro‘yxatga olingan ishsiz va kambag‘al fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun tegishli o‘qitish muassasalariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratish taklifi O‘zbekiston Resepublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan mehnat migrantlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 dekabrdagi GC41144346-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llanilishi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va «labor-migration» dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko‘nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot, «usta-shogird» maktablariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratish bo‘yicha mexanizm shakllantirilgan;
mintaqalarda aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko‘paytirish va kambag‘allikdan chiqarishda mahallalar ixtisoslashuv yo‘nalishlarini (“O‘sish nuqtalari”) aniqlagan holdaa “mahalla - drayver” loihalari tashabbuskorlariga ko‘maklashish orqali mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish dasturi” (2020 y., 2021 y., 2022 y.) ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 7 dekabrdagi GC41144346-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasini amaliyotga qo‘llash asosida mahallalarning alohida sub’ekt sifatida maqomini mustahkamlash va “o‘sish nuqtasini” aniqlash, aholi bilan ishlashning takomillashgan mexanizmi taklif etilib, aholi kambag‘alligini qisqartirishning uslubiy-amaliy imknoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.