Akramov Voxidjon Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissetatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Son suyagi boshchasi aseptik nekroz bilan kasallangan bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilish usullarini optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.DSc/Tib431.
Ilmiy konsultant: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01
Rasmiy opponentlar: Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Borzunov Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi); Xamraev Farxod Sharafovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kuban` davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: son suyagi boshchasi aseptik nekrozi kasalligining turli xil darajalariga qarab, davolash va reabilitatsiya samaradorligini oshiruvchi usullarni takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan og‘rigan va suyak osteoporozi bo‘lgan bemorlarda implantning son komponenti atrofiga autosuyak qo‘yish orqali bajariladigan endoprotezlash usuli ishlab chiqilgan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan og‘rigan bemorlarning chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashda endoprotez sferik boshchasi konus kesimi gradusini aniqlash yo‘li bilan matematik modellashtirish orqali implant komponentlarining chidamliligini ortishi va ekspluatatsion ishonchliligini oshirishi isbotlangan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozida klinik belgilari (son suyagi boshchasining ichki rotatsiyasi erta cheklanishi, mushaklarning gipotrofiyasi) va funksional xususiyatlari taxlili asosida davolash variantlarini tanlash taktikasi asoslangan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozini davolash uchun plazmolifting terapiyani qo‘llashda autoplazmani tayyorlash texnikasini takomillashtirish orqali bemorlarda klinik samaraga erishish mumkinligi isbotlangan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan og‘rigan bemorlarda neyroablyasiya usulini qo‘llashda muolajani 1,5 minutgacha va termal ishlov darajasini 90 gradusga oshirish bemorlarda og‘riq sezuvchanlik va mushaklar spazmini kamaytirishga, bo‘g‘im funksiyasini yaxshilashga va endoprotezlash operatsiyasini 5 yilgacha kechiktirishga imkon berishi isbotlangan;
chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashda ishlab chiqilgan xirurgik instrument-raspatorni qo‘llash son suyagi boshchasi yumaloq bog‘lamini kesish va son suyagi boshchasini quymich kosachasidan osonlik bilan chiqarish imkoniyatini berishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha «Son chanoq bo‘g‘imini endoprotezlash usuli»ga patent olingan (UA 73531 U 25.09.2012). Olingan natijalar son suyagi boshchasi aseptik nekrozi osteoporozi fonidagi son chanoq bo‘g‘imini endoprotezlash, endoprotez xizmat davrini uzaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini bergan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha «Son chanoq bo‘g‘imi endoprotezi sferik boshchasi» foydali modeliga patent olingan (UA655449 U 12.12.2011). Olingan natijalar endoprotez bo‘yinchasini egarsimon yoriqqa o‘rnatishning osonlashishi orqali endoprotez qismlarining mustaxkamligi 2,2-2,5 martaga oshishi, sferik boshchaning ekspluatatsion ishonchliligi ikki baravar ortishi imkonini bergan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi mavjud bo‘lgan bemorlarni plazmolifting usulida konservativ davolash bo‘yicha ishlab chiqilgan «Chanoq-son bo‘g‘imi degenerativ-distrofik kasalliklari davolash usullarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.10.2021 yildagi №8n-z/335 son xulosasi). Olingan natijalar son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash usullarini va reabilitatsiyani takomillashtirishga va 95% hollarda davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
chanoq-son bo‘g‘imi aseptik nekroz bilan kasallangan bemorlarni neyroablyasiya usulida davolash bo‘yicha «Chanoq-son bo‘g‘imi degenerativ-distrofik kasalliklarini kam invaziv xirurgik yo‘l bilan davolash usuli» deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/335-son ma’lumotnomasi).Taklif qilingan usul son chanoq bo‘g‘imidagi og‘riq sindromini yo‘qotish orqali bemorlarni endoprotezlash operatsiyalarini 5 yilgacha kechiktirish imkoniyatini bergan;
son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, jumladan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy va Buxoro filiallari, Buxoro viloyat sil kasalliklari shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi 08.09/20119-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar son suyagi boshchasi aseptik nekrozi bilan kasallangan bemorlarni davolashni takomillashtirish va bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni 25% dan 2,5% gacha kamaytirish imkonini bergan.