Tursunxodjaeva Rashida Yusupjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Refrijerator vagon va konteynerlarda poliz mahsulotlarni tashish texnologik jarayonlarini takomillashtirish”, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1474
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nazirilla Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Nazirjon Mukaramovich texnika fanlari doktori, professor; Mirxamidov Shuxrat Shavkatovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: refrijerator vagon va konteynerlarda poliz mahsulotlarini tashishda texnologik transport jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poliz mahsulotlarini refrijerator vagon va konteynerlarda tashishni tashkil etishga ta’sir qiluvchi omillar yuklarni tashish xavfsizligini oshirish bo‘yicha tizimli tahlilni hisobga olgan holda asoslab berilgan;
refrijerator vagon parametrlarining va poliz mahsulotlari o‘lchamlarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi matematik modeli taraning o‘rtacha tashqi o‘lchamlarini va og‘irligini belgilash yo‘li asosida takomillashtirilgan;
refrijeratorli transport vositalarida yukning buzilishini kamaytirish maqsadida, transport va biokimyoviy omillarning ta’sirini hisobga olgan holda, poliz mahsulotlarini tashish shartining imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
refrijeratorli vagon va konteynerlarning yuklanish me’yorini oshirishning ilmiy-asoslangan texnologik echimlari poliz mahsulotlarini refrijeratorli harakat tarkiblarda tashishdan avval kvarslash jarayonini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transportida poliz mahsulotlarini tashishdagi transport jarayonlarining texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar joriy etilgan:
temir yo‘l transportida poliz mahsulotlarini tashishning qat’iy muddatlari va ruxsat etilgan taxlash balandligi bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyasi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 15 apreldagi №01/1382-21-son ma’lumotnomasi). Poliz mahsulotlarini tashish texnologiyasi va shartlari transport vositalarining sig‘imi va yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha ratsional foydalanishni amalga oshirgan. Tadqiqot natijalari transport xarajatlarini kamaytirish, shuningdek poliz mahsulotlarni etkazib berish muddatini qisqartirish imkoniyatini bergan;
biokimyoviy omillarning ta’sirini hisobga olgan holda, poliz mahsulotlarini tashish sharti bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiyasi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 15 apreldagi №01/1382-21-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, temir yo‘l transportidagi tashishlarda poliz mahsulotlarini tashish masofasini uzaytirish, shuningdek buzilish jarayonini sekinlashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
refrijeratorli vagon va konteynerlarga taralarni optimal joylashtirishni aniqlashning ishlab chiqilgan algoritmlari, dasturiy majmua ko‘rinishidagi instrumental vositalari, ishlab chiqilgan algoritmlari, usullari (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yil 15 apreldagi №01/1382-21-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ishning natijalari poliz mahsulotlarini tashishda refrijerator transport vositalarining yuklanishini me’yorlash imkonini bergan, natijada refrijerator transport vositalaridan yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha samaradorlik 3-5% ga ko‘paygan.