Seytov Aybek Jumabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nasos stansiyalari kaskadli yirik magistral kanallardagi suv resurslarini optimal boshqarish (Qarshi magistral kanali misolida)”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” va 05.01.02-“Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/T395
Ilmiy maslahatchilarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxom Ernazarovich texnika fanlari doktori, professor va Qabulov Anvar Vasilovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Muxamedieva Dilnoz To‘lqinovna texnika fanlari doktori, professor,
Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich texnika fanlari doktori, professor va Uteuliev Niyatbay Uteulievich fizika - matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaskadli yirik mashina kanallarida sodir bo‘ladigan beqaror suv harakatining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish. Suv va energiya resurslaridan ratsional foydalanishning optimal boshqarish uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sen-Venan tenglamalari asosida kaskadli yirik mashina kanallarda nasos stansiyalarining ish rejimi bilan bog‘liq holda vujudga keladigan beqaror suv harakatining gidravlik hisoblash usullari takomillashtirilgan;
kaskadli yirik magistral kanallardagi suv resurslarini optimal boshqarishning dinamik modellar asosida ochiq o‘zanli kanallardagi suv resurslarini beqaror harakatining matematik modellari va sifat mezonlari ishlab chiqilgan;
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ishonchli ta’minlash maqsadida kaskadli yirik mashina kanallarida suv resurslarini ratsional taqsimlash va optimal boshqarishning maksimum tamoyillari asosida iste’molchilarga belgilangan vaqtda va kerakli hajmda suv resurslarini etkazib berishni optimal boshqarishning zaruriy shartlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan optimallikning zaruriy shartlari asosida nasos stansiyalari kaskadli yirik magistral kanallardagi nasos agregatlarni va gidrotexnik inshootlarni optimal boshqarishning gradient proeksiyasi usuli ishlab chiqilgan;
chekli ayirmalar usuli asosida nasos stansiyalari kaskadli yirik magistral kanallardagi suv resurslarini va gidravlik jarayonlarni optimal boshqarish masalasini echishning algoritmi va dasturlar majmuasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kaskadli yirik mashina kanallarida sodir bo‘ladigan beqaror suv harakatining gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish. Suv va energiya resurslaridan ratsional foydalanishning optimal boshqarish uslubini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sen-Venan tenglamalari tizimi asosida kaskadli yirik mashina kanallarda nasos stansiyalarining ish rejimi bilan bog‘liq holda vujudga keladigan beqaror suv harakatining takomillashtirilgan gidravlik hisoblash usullari hamda ishlab chiqilgan sifat mezonlarini aniqlovchi dasturiy vosita Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil “20 sentyabrdagi EO12551158-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi orqali suv resurslari 5-7 foizga va elektr energiyani 1 foizgacha tejash imkonini bergan;
kaskadli yirik mashina kanallarida nasos stansiyalarining ish rejimiga bog‘liq holda vujudga keladigan beqaror suv harakatini hisoblashning takomillashtirilgan gidravlik usullari hamda suv resursllarini optimal boshqarishning sifat mezonlari va algoritmlari Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil “20 sentyabrdagi EO12551158-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi orqali suv resurslari 7-9 foizga va elektr energiyani 0,5 foizgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
Dirakning del`ta funksiyasi va Xevisayt funksiyalari asosida nasos stansiyalari kaskadli yirik magistral kanallardagi suv resurslarini va gidravlik jarayonlarni optimal boshqarish masalasini echishning algoritmi va dasturlar majmuasi “Amu-Qashqadaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil “20 sentyabrdagi EO12551158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nasos stansiyalari kaskadli magistral kanalning ish rejimlarining samaradorligini 10% gacha oshirish imkonini yaratgan;
kaskadli yirik magistral kanallardagi suv resurslarini optimal boshqarishning hisoblash usullari va sifat mezonlari “Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining Jizzax bosh nasos stansiyalar boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil “20 sentyabrdagi EO12551158-sonli ma’lumotnomasi). Suv resurslaridan foydalanish boshqaruvini raqamlashtirish orqali suv resurslari 7-10 foizga va elektr energiyani 2 foizgacha tejash imkonini bergan;
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ishonchli ta’minlash maqsadida kaskadli yirik mashina kanallarida suv resurslarini ratsional taqsimlash va optimal boshqarishning zaruriy shartlari asosida ishlab chiqilgan mezonlar “Sirdaryo-Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil “20 sentyabrdagi EO12551158-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yirik nasos stansiyalarning ish rejimlari optimallashtirishga erishilib, suv resurslarini 8-11 foizga va elektr energiyani 0,4 foizgacha iqtisod qilish imkonini yaratgan.