Abdulazizov Baxrom Toshmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «InAs/AlSb geterotuzilma kvant o‘rasida ikki o‘lchamli elektron gaz statistikasi», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/FM47.
Ilmiy rahbar: Gulyamov G‘ofur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Teshabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Ayuxanov Rashid Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: AlSb/InAs/AlSb geterotuzilma asosida elektron gazni xarakteristik parametrlarining elektronlar to‘liq konsentratsiyasiga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AlSb/InAs/AlSb zona tuzilishidagi noparabolik xususiyatlarini, elektronlar uchun kvant o‘ra chuqurligini chekliligini va InAs/AlSb geteroo‘tishdagi massa sakrashini hisobga olib, minizonalar spektrining soddalashtirilgan modeli ishlab chiqilgan;
ikki o‘lchamli elektron gazlarni to‘la konsentratsiyasi, minizonalardagi elektronlar konsentratsiyasi, Fermi energiyasi, transport massa kabi kattaliklarning o‘zaro bog‘lanishini ifodalovchi matematik ifoda aniqlangan;
bir necha minizonalar to‘ldirilishi sharoitida ikki o‘lchamli elektronlar gazining energiya holatlari zichligi va entropiyasini haroratga bog‘lanishini ifodalaydigan matematik model` ishlab chiqilgan;
ikki o‘lchamli elektron gazdagi energiya holatlari zichligini Fermi sathida o‘lchangan effektiv massa qiymatlari asosida aniqlash mumkinligi ko‘rsatilgan;
harorat ortishi bilan holatlar zichligidagi keskin sakrashlar sekin silliqlashib dispersiyaning noparabolikligi haroratning keng oraliqlarida ham namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
AlSb/InAs/AlSb geterotuzilma asosida elektron gazni xarakteristik parametrlarining elektronlar to‘liq konsentratsiyasiga bog‘liqligini aniqlash asosida:
termodinamik energetik holatlar spektrini aniqlashning sodda modeli «Trasporte Mono-y Bipolar en Estructuras Semiconductors» mavzusidagi Meksika innovatsiyalar markazining loyihasini bajarishda nanotizimli AlSb/InAs/AlSb geterotuzilmalarning minizonalarda elektronlar spektrini aniqlashda qo‘llanilgan (Meksika innovatsiyalar markazining 2017 yil 20 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi yarimo‘tkazgichli birikmalar minizonalarida elektronlar spektrini aniqlashda transsendaent tenglamalarni keng chuqur o‘rada echish imkonini bergan;
AlSb/InAs/AlSb geterotuzilmasining kvant o‘rasi minizonalarida elektron spektrining soddalashtirilgan approksimatsiyasi; Fermi energiyasini, elektronni transport massasini hamda minizonalardagi elektronlar ulushini to‘la konsentratsiyaga bog‘lanishini aniqlab beruvchi algoritmi va termodinamik holatlar zichligi va entropiyani to‘la konsentratsiya va haroratga bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalari F-2-21 raqamli «Yarimo‘tkazgich-dielektrik chegarasidagi sirt holatlar zichligini aniqlashni matematik modellashtirish» (2011–2016) mavzusidagi grant loyihani bajarishda kvant o‘rada Siklotron rezonansi sodir bo‘lish jarayonlarini tushuntirishda qo‘llanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 28 avgustdagi FTK-02-11/561-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish past o‘lchamli InAs/AlSb kvant o‘rasidagi elektron transport massasi va to‘la konsentratsiyasini aniqlash imkonini bergan;
geterotuzilma kvant o‘rasida elektronlarni to‘la konsentratsiyasi tenglamasidan ximiyaviy potensialni hisoblash algoritmi, elektron gazini Fermi sathidagi energiya holatlar zichligining to‘la konsentratsiyaga va haroratga bog‘lanishini hisoblash modeli, elektronlar gazining termodinamik potensial va entropiyasini to‘la konsentratsiyaga va haroratga bog‘liqligini aniqlab beruvchi hisoblash modellari F2-28 raqamli «Legirlangan kremniy sirti va hajmidagi kvant o‘lchamli effektlar hamda ularning p-n-strukturalaridagi zaryad tashuvchilar fotogeneratsiya va rekombinatsiya jarayonlariga ta’siri» (2012–2016 yy) mavzusidagi fundamental loyihada bajarishda minizonalardagi kritik konsentratsiya va to‘la konsentratsiyalarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 27 oktyabrdagi FTA-02-11/959-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish past o‘lchamli InAs/AlSb geterotuzilmasida yuqori minizonalardagi kritik konsentratsiya va Fermi energiyasini aniqlash imkonini bergan.