Durdiev Normat Hasanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urug‘lik uchun etishtiriladigan g‘o‘za navlarining sug‘orish va oziqlantirish tartiblarini ilmiy asoslash», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.4.DSc./Qx.145.
Ilmiy maslahatchi: Avliyakulov Mirzoolim Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Amanturdiev Alisher Balkibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizning markaziy, janubiy va shimoliy mintaqalarida urug‘lik uchun etishtiriladigan o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarining maqbul sug‘orish va oziqlantirish tartiblarini ishlab chiqish, egatlab va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarida yangi zamonaviy sug‘orish asboblaridan foydalanish samaradorligini aniqlash hamda chigitning urug‘lik sifatiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba sifatli urug‘lik chigit etishtirishda egatlab sug‘oriladigan o‘rta tolali g‘o‘zaning Sulton navini 70-75-65%, O‘zPITI-103 navini 70-70-60%, S-8294 (Gurlan) navini 75-80-70 %, Xorazm-150 navini 70-70-60%, ingichka tolali Termiz-202 va Surxon-16 g‘o‘za navlarini esa 70-75-65% sug‘orish oldi tuproq namligida sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
urug‘lik uchun etishtiriladigan o‘rta tolali Sulton va O‘zPITI-103 g‘o‘za navlarida mineral o‘g‘itlarni N-220, P-154, K-110 kg/ga, S-8294 (Gurlan) va Xorazm-150 hamda ingichka tolali Termiz-202 va Surxon-16 g‘o‘za navlarida N-250, P-175, K-125 kg/ga me’yorda qo‘llash maqbul ekanligi aniqlangan;
tomchilatib sug‘orish texnologiyasida urug‘lik chigit etishtirish agrotexnologiyasi elementlari ishlab chiqilgan;
tomchilatib sug‘orish texnologiyasida urug‘lik uchun etishtirilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning S-8286 navini 75-75-70 %, Buxoro-102 navini 70-70-60% sug‘orish oldi tuproq namligida tuproqning 50-70-50 sm hisobiy qatlamini namlash orqali sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
tomchilatib sug‘oriladigan urug‘lik g‘o‘za maydonlarida urug‘lik paxta hosilini tezpishar o‘rta tolali S-8286 g‘o‘za navida 3-9 hosil shoxigacha terish va urug‘lik paxta hosilini 46,4 % dan 51,5 % ga yetkazish hamda yuqori sifatli urug‘lik chigit etishtirish mumkinligi asoslangan;
ingichka tolali g‘o‘za navlarida urug‘lik paxta hosilini 4-14 hosil bo‘g‘inigacha terish va 100/8-100/12% pishganlik, 99,3-99,8 % unuvchanlikka ega yuqori sifatli urug‘lik chigit etishtirish mumkinligi asoslangan;
g‘o‘zani sug‘orishda yangi zamonaviy sug‘orish asboblaridan (Data Snap, WFD) foydalanish samaradorligi aniqlanib, 10-15 % suv tejalishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamizning Toshkent, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari tuproq-iqlim sharoitlarida urug‘lik uchun etishtiriladigan g‘o‘za navlarining sug‘orish va oziqlantirish tartiblarini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
urug‘chilik fermer xo‘jaliklariga urug‘lik uchun etishtiriladigan o‘rta tolali Sulton, O‘zPITI-103, Xorazm-150, ingichka tolali Surxon-16, Termiz-202 g‘o‘za navlarini parvarishlash agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiyanomalar va «G‘o‘zani sug‘orishda yangi zamonaviy vetting front detektor (WFD) asbobidan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24-noyabr №02/020-4756-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘zaning o‘rta tolali «Sulton» navini ChDNSga nisbatan 70-75-65% da sug‘orish, N-220, P-154, K-110 kg/ga me’yorda oziqlantirish agrotexnologiyasi Bo‘ka tumanidagi urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida 200 ga, Oqqo‘rg‘on tumanida 30 ga, Quyichirchiq tumanida 101,5 ga, «O‘zPITI-103» g‘o‘za navi 63 ga paxta maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24-noyabr` № 02/020-4756-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida 4-5 s/ga qo‘shimcha urug‘lik paxta hosili olingan va urug‘lik chigit unuvchanligi 3-4 %, 1000 dona chigit vazni 8-9 g va moydorligi 2,0-2,5 % oshgan;
Samarqand viloyati Ishtixon tumani «Maroqand sifat tekstil» agroklasterining tomchilatib sug‘oriladigan 120 ga maydonida o‘rta tolali «S-8286» g‘o‘za navini ChDNSga nisbatan 75-75-70% da sug‘orish, «Buxoro-102» g‘o‘za navini ChDNSga nisbatan 70-70-60% namlikda sug‘orish 64 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24-noyabr` № 02/020-4756-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik paxta hosili 6-8 s/ga, 1000 dona chigit vazni 10-12 g, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 1,5-1,8 g oshgan va 98,6-99,4 % unuvchanlikka ega yuqori sifatli urug‘lik chigit etishtirilgan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali «Xorazm-150» navini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% da sug‘orish va mineral o‘g‘itlarni N-250, R-175, K-125 kg/ga me’yorda qo‘llash agrotexnologiyalari Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi «Odamboeva Chamangul» urug‘chilik fermer xo‘jaligida 34 ga, o‘rta tolali «S-8294» (Gurlan) navini ChDNSga nisbatan 75-80-70% tuproq namligida sug‘orish Gurlan tumanidagi «Gurlan hosili» urug‘chilik fermer xo‘jaligida 36,5 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24-noyabr` № 02/020-4756-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik 4-5 s/ga, 1000 dona chigit vazni 9-10 g va unuvchanlik 7-8 %, moydorligi 1,9-2,2 % oshishiga erishilgan;
ingichka tolali «Termiz-202» g‘o‘za navini ChDNSga nisbatan 70-75-65% sug‘orish oldi tuproq namligida sug‘orish va N-250, R-175, K-125 kg me’yorlarda oziqlantirish agrotexnologiyalari Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi «Usta Mavlon o‘g‘li cho‘li» fermer xo‘jaligida 15 ga, Qashqadaryo ITS dalalarida 2 ga, «Surxon-16» g‘o‘za navi 25 gektarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24-noyabr` № 02/020-4756-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida paxta hosili 4-5 s/ga, chigitning pishganligi 8-10 % oshgan va 99,2-99,4 % unuvchanlikka ega sifatli urug‘lik chigit etishtirilgan.