Xidirova Marg‘uba Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat ishlab chiqarishida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish», 08.00.13 – «Menejment» va 08.00.03 – «Sanoat iqtisodiyoti».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1942
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilhomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat ishlab chiqarishida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat ishtirokidagi korxonalar ijro organi a’zolarini rag‘batlantirish maqsadida ijro organi a’zolariga qo‘shimcha to‘lov turlari bekor qilingan holda oylik ish haqi va yil yakunlari bo‘yicha bir yo‘la to‘lanadigan mukofot to‘lovlarini to‘lash taklif etilgan;
sanoat korxonalarida kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashi ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida kengash huzurida «audit qo‘mitasi», «tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi», «mukofotlash qo‘mitasi»ni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sanoat korxonalari faoliyatini maxsus mezonlar asosida baholash, ijro organlari a’zolarini rag‘batlantirish hamda qo‘mitalar tashkil etishning sanoat ishlab chiqarishiga ta’sirining 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat ishlab chiqarishida korporativ boshqaruvning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat ishtirokidagi korxonalar ijro organi a’zolarini rag‘batlantirish maqsadida ijro organi a’zolariga qo‘shimcha to‘lov turlari bekor qilingan holda oylik ish haqi va yil yakunlari bo‘yicha bir yo‘la to‘lanadigan mukofot to‘lovlarini to‘lash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi Farmonida o‘z aksini topgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 30.09.2021 y. №15/06-25-1797 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarida korporativ boshqaruv samaradorligi 6,4 foizgacha oshishini ta’minlangan;
korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishda davlat ishtirokidagi sanoat korxonalarida kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 30 foizdan kam bo‘lmasligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 166-son “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 30.09.2021 y. №15/06-25-1797 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 30 foiz bo‘lishi ta’minlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashi ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida kengash huzurida «audit qo‘mitasi», «tavakkalchiliklarni boshqarish qo‘mitasi», «mukofotlash qo‘mitasi»ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 166-son “2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 30.09.2021 y. №15/06-25-1797 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyadorlik jamiyati korporativ ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining ijobiy tomonga o‘sish sur’atlarini 6,7 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
sanoat korxonalari faoliyatini maxsus mezonlar asosida baholash, ijro organlari a’zolarini rag‘batlantirish hamda qo‘mitalar tashkil etishning sanoat ishlab chiqarishiga ta’sirining 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining 30.09.2021 y. №15/06-25-1797 - sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi 2025 yilda 12,8 foizga oshishi prognoz qilingan.