Xaldarbekova Guljaxon Zafar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Norma va disbioz xolatlarida odam tanasi biotoplari laktobakteriyalarning biologik xususiyatlari», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V267.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Ilaman Muxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibroxim Xamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Nuruzova Zuxra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti  .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: odam tanasi asosiy biotoplarining mikrob peyzajini tahlil qilish, laktobakteriyalarning miqdoriy va sifat mezonlarini baholash, shuningdek norma va disbiyozda xolatlarida laktobakteriyalarning asosiy biologik xususiyatlarining rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  O‘zbekiston Respublikasida fertil yoshdagi sog‘lom va karies aniqlangan ayollar og‘iz bo‘shlig‘ida laktobakteriyalarning asosiy turlari aniqlangan;
fertil yoshdagi homilador va abortdan so‘ng ayollarda genital trakt laktobakteriyalarning asosiy turlari asoslangan;
ilk bor fertil yoshdagi ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i va jinsiy yo‘llar fiziologik xolatining, ajratilgan asosiy tur laktobakteriyalarining biologik xususiyatlari ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
fertil yoshdagi ayollarning og‘iz bo‘shlig‘i va jinsiy yo‘llarning xolatidan kelib chiqib, ajratilgan laktobakteriyalar asosiy turlarining antibakterial preparatlarga sezgirligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Og‘iz bo‘shlig‘i va genital trakt mikroflorasini baholash, organizmning norma va disbioz holatlarida laktobakteriyalar asosiy turlarining biologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
normal va patologik sharoitlarda og‘iz bo‘shlig‘i va jinsiy yo‘llarining disbiozini aniqlashda laboratoriya diagnostika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Xromogen ozuqa muhitlari yordamida og‘iz disbiozining ekspress dignostikasi - XayXrom» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/274-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Xromogen ozuqa muhitlaridan og‘iz bo‘shlig‘i mikroorganizmlarini ajratish va ularning miqdorini,  disbiozni aniqlashda mikrobiologik tadqiqotlar muddatini qisqartirish imkonini bergan;
mikrobiologik tadqiqotlar asosida disbiyozni davolash va oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasining “Bakteriologik laboratoriya”si, hamda “Ginekologiya” bo‘limining  fundametal tadqiqotlarni amalga oshirish amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/274-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘iz bo‘shlig‘i va jinsiy yo‘llarning disbiozini tashxislash samaradorligini oshirishda, shuningdek, laktobakteriyalarning asosiy turlarini aniqlashga va ularni Ekoantibiotiklar tarkibiga qo‘shishni taklif etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish