Mirtalipova Nargiza Xasanxodjaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekiston harbiy xizmatchilari uchun qulay dala kiyimini yaratish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.2.PhD/T1196
Ilmiy rahbar: Kamilova Xolida Hafizovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fotima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqlimini o‘ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda yaxshilangan ergonomik hususiyatli qulay dala kiyimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiq iqlim sharoitiga mos qulay dala kiyimi uchun qalinlashtirilgan tanda va arqoq iplarni qo‘llab matoning ratsional tarkibi ishlab chiqilgan;
dala kiyimi ergonomik konstruksiyasining «eng- o‘miz» tugunidagi eng qiyamasi balandligi, eng o‘mizi chuqurligi va yaxlit bichilgan xishtak balandligining ratsional parametrlari va dinamikadagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari to‘liq faktorli tajribani o‘tkazish orqali aniqlangan;
issiq iqlim sharoitida dala kiyimi uchun kiyim ostidagi qulay havo almashinuvini ta’minlaydigan harorat, mato qalinligi va SO2 konsentratsiyasiga bog‘liq ventilyasion teshiklarning yuza qiymatlarini aniqlash uchun analitik hisob usuli ishlab chiqilgan; dala sharoitida kiyim osti mikroiqlim ko‘rsatkich parametrlari, jumladan xarorat, namlik, is gazi (SO2) miqdorini o‘lchaydigan yuqori aniqlikdagi masofaviy sensorli datchiklardan foydalanib samarali usul va o‘lchov qurilmasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston harbiy xizmatchilari uchun qulay dala kiyimini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida:
qishki dala kiyimining dizayni va texnik hujjatlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi «DI IXLOS» MChJ tikuv korxonasida joriy etildi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 5 may 03/14-1479-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishki dala kiyimi komplektini va tayyorlash texnologiyasini joriy etish, konstruktiv choklar soni hamda xom ashyo harajatlarini kamaytirish evaziga kiyimni tayyorlashda mehnat sarfini 6% gacha qisqartirishga imkon yaratilgan;
yozgi dala kiyimining dizayni, bazaviy konstruksiya va texnik hujjatlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi «Toshkent sport buyumlari fabrikasi» UK tikuv korxonasida joriy etildi. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 5 may 03/14-1479-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozgi dala kiyimi komplektini va tayyorlash texnologiyasini joriy etish, konstruktiv choklar soni kamaytirish evaziga kiyimni tayyorlashda mehnat sarfini 3% gacha qisqartirishga imkon yaratilgan;
harbiy xizmatchilar dala kiyimi uchun O‘zbekston Respublikasi Intelektual mulk Agentligi tomonidan sanoat namunasiga patentlar olingan. («Harbiy xizmatchilar uchun yozgi dala kiyimi to‘plami», №SAP 02061.13.12.2019); («Harbiy xizmatchilar uchun yozgi dala kiyimi to‘plami», №SAP 02062.13.12.2019); («Harbiy xizmatchilar uchun transformatsiyalana-digan engil kurtka», №SAP 02145, 09.02.2021); («Harbiy xizmatchilar uchun transformatsiyalanadigan engil kurtka», №SAP 02146, 9.02.2021). Natijada, O‘zbekiston keskin kontinental iqlimiga mos harbiy xizmatchilar uchun qulay dala kiyimi yaratilgan.