Atajanov Adiljanning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Egatning uzunligi bo‘yicha tubini o‘zgaruvchan zichlovchi texnik vosita va sug‘orish texnologiyasining samaradorligi», 06.01.02-“Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№ B2022.1PhD/T 1885
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich – professor, texnika fanlari doktori; Jo‘raev Fazliddin Urinovich – professor, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mexanik tarkibi engil, o‘rta va og‘ir qumoq tuproqlar sharoitida g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirishda egat uzunligi bo‘ylab tuproqning faol qatlamini tekis namlanishini ta’minlovchi texnik vosita yordamida suvtejamkor sug‘orish texnologiyasini yaratish va uning sug‘orish texnikasi elementlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor egat uzunligi bo‘ylab tuproq faol qatlamining tekis namlanishini ta’minlovchi, egat tubini zichlash orqali sug‘orishda uning turg‘un profili va loyihaviy nishabligini hosil qiluvchi texnik vosita konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
Xorazm vohasidagi sug‘oriladigan erlarning kichik nishabli, mexanik tarkibi bo‘yicha engil, o‘rta va og‘ir qumoq tuproqlari sharoitida yangi texnik vositani qo‘llash asosida suvtejamkor sug‘orish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
suvtejamkor sug‘orish texnologiyasining egat uzunligi bo‘ylab tuproq faol qatlamini tekis namlanishini ta’minlovchi usullari orqali sug‘orish texnikasi elementlari ishlab chiqilgan;
suvtejamkor sug‘orish texnologiyasini g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri etuvchi ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
nishabligi 0,0001 dan kichik va engil mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida ishlab chiqilgan egatning turg‘un profili va loyihaviy nishabligini taminlovchi g‘o‘zaning suvtejamkor sug‘orish texnologiyasi Xorazm viloyati Gurlan tumanida 119 gektar paxta maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi № VV00832748 - son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orma suvi 10-13 foizga iqtisod qilingan va har gektar maydondan 4,7 - 6,0 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan;
nishabligi 0,0001 dan kichik va o‘rta mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida ishlab chiqilgan egatning turg‘un profili va loyihaviy nishabligini taminlovchi g‘o‘zaning suvtejamkor sug‘orish texnologiyasi Qoroqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 112 gektar g‘o‘za maydonida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi № VV00832748-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orma suvi 12 - 15 foizga iqtisod qilingan va har gektar maydondan 3,2 - 4,4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan;
nishabligi 0,0001 dan kichik va og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar sharoitida ishlab chiqilgan egatning turg‘un profili va loyihaviy nishabligini taminlovchi g‘o‘zaning suvtejamkor sug‘orish texnologiyasi Xorazm viloyatining Shovot tumanida 132 gektar g‘o‘za maydonida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 9 sentyabrdagi № VV00832748 - son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orma suvi 13 - 20 foizga iqtisod qilingan va har gektar maydondan 5,1 - 6,3 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish