Ernazarov Shermuxammat Eshbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy g‘oya rivojida tarixiy ong va tafakkur omili”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4PhD/FaI651.
Ilmiy rahbar: O‘tamurodov Akbar, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14
Rasmiy opponentlar: Murodulla Mirzaev, falsafa fanlari doktori, dotsent; Norqulov Suxrob Do‘stmurodovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy g‘oya rivojida tarixiy ong va tafakkur mutanosibligining ijtimoiy taraqqiyot mexanizmi sifatidagi rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy g‘oya jamiyatning falsafiy-tarixiy tafakkur tarzi sifatida yangi O‘zbekiston rivojlanishining strategik maqsadlariga erishish, davlat-jamiyat-shaxs munosabatlarini tashkil etish, aholining siyosiy hushyorligi va ijtimoiy faolligini oshirishning mafkuraviy va ma’naviy mexanizmi sifatida amal qilishi ochib berilgan;
tarixiy xotira xalqni birlashtiruvchi kuch sifatida falsafiy-tarixiy merosga vorislik tuyg‘usi orqali fuqarolar, ayniqsa, yoshlar tafakkurida milliy o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy taraqqiyotga xolis baho berish mexanizmi va milliy ruhni yuksaltirish omili ekanligi ochib berilgan;
millat va elatlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda “Yagona Vatan” tushunchasining falsafiy-tarixiy ahamiyatini anglash orqali siyosiy partiyalarning “Shu aziz vatan barchamizniki” g‘oyasini targ‘ib qilishida tarixiy birlik omilini rivojlantirish mumkinligi falsafiy asoslangan;
yangi O‘zbekiston strategiyasining “Milliy yuksalish sari” g‘oyasi falsafiy-tarixiy tushuncha sifatida xalqaro do‘stlik va hamkorlikni ta’minlash, ishlab chiqarishda ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish, ta’lim va tarbiya tizimi samaradorligini oshirish mezoni sifatida fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sir ko‘rsatishi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy g‘oya rivojida tarixiy ong va tafakkur omilining ahamiyatini asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
milliy g‘oya jamiyatning falsafiy-tarixiy tafakkur tarzi sifatida yangi O‘zbekiston rivojlanishining strategik maqsadlariga erishish, davlat-jamiyat-shaxs munosabatlarini tashkil etish, aholining siyosiy hushyorligi va ijtimoiy faolligini oshirishning mafkuraviy va ma’naviy mexanizmi sifatida amal qilishiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi O‘zbekiston g‘oyasini amaliyotga tatbiq qilishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02/06-281-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy g‘oyani oila, mahalla, mehnat jamoalari, san’at va adabiyot, fan-ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari orqali aholiga singdirishda nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
tarixiy xotira xalqni birlashtiruvchi kuch sifatida falsafiy-tarixiy merosga vorislik tuyg‘usi orqali fuqarolar, ayniqsa, yoshlar tafakkurida milliy o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy taraqqiyotga xolis baho berish mexanizmi va milliy ruhni yuksaltirish omili ekanligiga oid g‘oyalardan yoshlar agentligining yoshlarning ilmiy va ijtimoiy faoliyatini tizimli tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 27 sentyabrdagi  4-13-23-2355-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etishga xizmat qilgan;
millat va elatlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda “Yagona Vatan” tushunchasining falsafiy-tarixiy ahamiyatini anglash orqali siyosiy partiyalarning “Shu aziz vatan barchamizniki” g‘oyasini targ‘ib qilishida tarixiy birlik omilini rivojlantirish mumkinligi asoslanganligiga oid fikr va xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2021 yil 18 oktyabrdagi 04/02-361-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning fuqarolarda tarixga va ajdodlar merosiga hurmat, o‘zlikni anglash va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan;
yangi O‘zbekiston strategiyasining “Milliy yuksalish sari” g‘oyasi falsafiy-tarixiy tushuncha sifatida xalqaro do‘stlik va hamkorlikni ta’minlash, ishlab chiqarishda ijtimoiy sheriklikni takomillashtirish, ta’lim va tarbiya tizimi samaradorligini oshirish mezoni sifatida fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga ta’siri isbotlanganligiga oid xulosalardan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni takomillashtirishga oid anjumanlarni tashkil etishda, milliy madaniy markazlar faoliyatida (2019-2021) foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 8 noyabrdagi 14-07-2010-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘mitaning madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot materiallarini tayyorlash, shuningdek, 2019-2021 yillarda Millatlaro munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish