Sherov Zokir To‘ylievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qisqa masofalarga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishga tabaqalashtirilgan yondashuv” 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped481.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01
Ilmiy rahbar: Smurigina Larisa Vladimirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xonkel`diev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor, To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalanib tuzish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligi va yetakchi harakat qobiliyatlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan nazorat me’yorlari bo‘yicha tezlik, tezlik-chidamlilik, tezlik-kuch sifatlari ko‘rsatkichlariga tabaqalashtirish evaziga ularni rivojlantirishga yo‘naltirilgan vositalarni tanlash va qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning jismoniy sifatlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan guruhlarda talab etilgan darajadan past bo‘lgan sifatlarni (tezlik, tezlik-chidamlilik, tezlik-kuch) rivojlantirishga qaratilgan katta chastota bilan optimal tezlikni saqlagan holda murakkablashtirilgan sharoitlarda takroriy mashg‘ulot usulini qo‘llash hisobiga jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari takomillashtirilgan;
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishda yuqori shiddatdagi mashqlarga moslashish hamda tiklanish darajasidan kelib chiqib har bir mikrotsikl (tortuvchi, rivojlantiruvchi, zarbdor, musobaqaoldi, musobaqalashuv, tiklovchi) uchun yuklama komponentlarni (takrorlashlar soni, urunishlar soni, shiddati, dam olish intervali) model tuzilmasini ishlab chiqish hisobiga sport natijalarini o‘stirish imkoniyati kengaytirilgan;
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishda mikrotsikllarning tarkibidan (mikrotsikl turi, takrorlanishi, navbatlanishi) va makrotsikldagi joylashuvidan kelib chiqib har bir mezotsikl (tortuvchi, asosiy tayanch, nazorat-tayyorlov, musobaqaoldi, musobaqalashuv) uchun qo‘llaniladigan mashg‘ulot uslublarini (bir xil suratda,takroriy, o‘zgaruvchan, yuqori templi, intervalli, integral, aylanma, musobaqa, o‘yin, nazoratli) yuklama xarakteri bo‘yicha erishilgan natijalar asosida tanlash hisobiga musobaqalarga tayyorlash imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonining tabaqalashtirilgan yondashuv asosida tuzishga qaratilgan tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligi va yetakchi harakat qobiliyatlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan nazorat me’yorlari bo‘yicha tezlik, tezlik-chidamlilik, tezlik-kuch sifatlari ko‘rsatkichlariga tabaqalashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Urganch davlat universiteti qisqa masofaga yuguruvchi talabalarining o‘quv mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 22 apreldagi 04-08-08/351-son ma’lumotnoma). Natijada qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning sport natijalarini o‘sish kuzatildi. O‘g‘il bolalarda 9,3%, qizlarda 9,76 % o‘sgan va statistik ishonchililigi (P<0,05) ga teng bo‘lgan;
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning jismoniy sifatlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan guruhlarda talab etilgan darajadan past bo‘lgan sifatlarni (tezlik, tezlik-chidamlilik, tezlik-kuch) rivojlantirishga qaratilgan katta chastota bilan optimal tezlikni saqlagan holda murakkablashtirilgan sharoitlarda takroriy mashg‘ulot usulini qo‘llash hisobiga jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan 56-032 raqamli guvohnoma). Natijada qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning musobaqa natijalari 100 metrga yugurishda 9,3-9,76% ga, 200 metrga yugurishda 8,77-7.43% ga, 400 mertga yugurishda 6,95-16,2% ga o‘sgan;
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishda yuqori shiddatdagi mashqlarga moslashish hamda tiklanish darajasidan kelib chiqib har bir mikrotsikllar tuzilmalari modelini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan 356-032 raqamli guvohnoma). Natijada qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning sport natijalari 8.77% ga yaxshilangan;
qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning mashg‘ulot jarayonini tuzishda mikrotsikllarning tarkibidan va makrotsikldagi joylashuvidan kelib chiqib mezotsikllar model tavsiflarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Engil atletika va uni o‘qitish metodikasi» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga asosan 356-032 raqamli guvohnoma). Natijada qisqa masofaga yuguruvchi talabalarning sport natijalari 16,2% ga yaxshilangan.