Sapaev Valisher Odilbek o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy g‘oya tizimida inson ongi va tafakkurining o‘zgarishi mexanizmlari», 09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal527.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibodulla siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘ravoy falsafa fanlari doktori, professor; Atamuratov Sadulla falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy g‘oyaning O‘zbekistonda jamiyat barqarorligini ta’minlash, inson ongi va tafakkurida islohotlarga dahldorlik tuyg‘usini shakllantirishning bosh omili va ijtimoiy barqaror taraqqiyotni ta’minlashning muhim targ‘ibot texnologiyasi ekanligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim va tarbiya tizimidagi islohotlarning inson ongi va tafakkurini o‘zgarishiga ta’siri ularning ijtimoiy taraqqiyotga moslashishida namoyon bo‘layotganligi, bu jarayonning oilada davomiyligini ta’minlanishi yangi avlod tarbiyasining mezoni, jamoa ongini shakllantirish vositasi va ijtimoiy hamkorlikka erishish omili ekanligi isbotlangan;
milliy g‘oya tizimida inson ongi va tafakkurini o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi samarali mexanizmlarning barqaror taraqqiyot omili sifatida tamoyilining aholi turli qatlamlari ongida dahldorlik tuyg‘usini shakllantirish, fuqarolik institutlari faoliyatini takomillashtirishda namoyon bo‘layotganligi ochib berilgan;
milliy g‘oya tizimining rivojlanishida innovatsion targ‘ibot texnologiyalari, ma’rifatli jamiyat sari tamoyillari inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan islohotlarning mohiyatini tushunish va fuqarolarning kreativ tafakkuri shakllanishiga yo‘naltirilganligining falsafiy jihatlari ochib berilgan;
milliy g‘oya tizimining millat, davlat va inson manfaatlari himoyasini ta’minlashga yo‘nalganligi sababli uning xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni tashkil etishda milliy manfaatlarni himoya qilish mexanizmi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasida inson ongi va tafakkuri o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
milliy g‘oya tizimining millat, davlat va inson manfaatlari himoyasini ta’minlashga yo‘nalganligi sababli uning xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni tashkil etishda milliy manfaatlarni himoya qilish mexanizmi ekanligiga oid xulosalardan Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining «Yoshlar-uchinchi renessans drayveri» degan g‘oya asosida mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish maqsadida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilishda, «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» degan ezgu g‘oya asosidagi keng bayram targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda, shuningdek, «Oila-muqaddas dargoh» mavzusidagi uchrashuvlarning reja-ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 10 fevraldagi 15-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlarning ijtimoiy faolligi va intellektual salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan festivallar va Zakovat tanlovlarini o‘tkazishda nazariy dastur sifatida xizmat qilgan;
ta’lim va tarbiya tizimidagi islohotlarning inson ongi va tafakkurini o‘zgarishiga ta’siri ularning ijtimoiy taraqqiyotga moslashishida namoyon bo‘layotganligi, bu jarayonning oilada davomiyligini ta’minlanishi yangi avlod tarbiyasining mezoni, jamoa ongini shakllantirish vositasi va ijtimoiy hamkorlikka erishish omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan yoshlar uchun oila, madaniyat va madaniy tarbiya masalalari bo‘yicha o‘quv dasturlari, ko‘rgazmali materiallar tayyorlash va joriy qilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusi targ‘ibotini va shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yo‘l xaritasini tuzish, tashkil qilish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 27 yanvardagi 02-02/185-son dalolatnomasi). Natijalar, jamiyatda ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari va oilada farzand tarbiyasida ota-onaning burch va mas’uliyatlarini bilish va ularga rioya qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
milliy g‘oya tizimida inson ongi va tafakkurini o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi samarali mexanizmlarning barqaror taraqqiyot omili sifatida tamoyilining aholi turli qatlamlari ongida dahldorlik tuyg‘usini shakllantirish, fuqarolik institutlari faoliyatini takomillashtirishda namoyon bo‘layotganligi ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining «Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari», «Insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirish» nomli targ‘ibot tadbirlarini dastur va ssenariylarini tuzish ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi 2021 yil 7 sentyabrdagi 02/02-333-son dalolatnomasi). Natijalar, partiyaning fuqarolik institutlari faoliyatini takomillashtirishga oid dasturlarni ishlab chiqish, ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tashkil qilishga xizmat qilgan;
milliy g‘oya tizimining rivojlanishida innovatsion targ‘ibot texnologiyalari, ma’rifatli jamiyat sari tamoyillari inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan islohotlarning mohiyatini tushunish va fuqarolarning kreativ tafakkuri shakllanishiga yo‘naltirilganligining falsafiy jihatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatiladigan «Assalom Xorazm», «Bor gap shu» nomli ko‘rsatuvlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 noyabrdagi 09-05/21204-son dalolatnomasi). Natijalar, diniy konfeessiyalararo hamkorlikni tashkil etish, milliy madaniy markazlar faoliyatini takomillashtirish, milliy madaniy qadriyatlarni tiklashning ahamiyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarni tashkil qilishga xizmat qilgan.