Nizamova Saida Adilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo o‘qitish samaradorligini oshirishda mul`timedia texnologiyasidan foydalanib, kvalimetrik yondashuv asosida tahlil qilish metodikasi», 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSs/Ped.126.
Ilmiy maslahatchilar: Babaev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03, bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abduxalilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kimyo o‘qitish samaradorligini oshirishni mul`timedia texnologiyalari asosida tashkil etish va ta’limdagi samaradorlikni kvalimetrik yondoshuv asosida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo o‘qitish samaradorligini oshirishning mul`timedia texnologiyalari asosida tashkil etish mazmuni, pedagogik shart-sharoitlari, tamoyillari, metodlari, ta’limni tashkil etuvchi shakl, turlari, dasturiy vositalari asosida yaxlit tizim sifatida shakllantirilgan didaktik model` ishlab chiqilgan;
kimyo o‘qitishdagi an’anaviy metodik tizim ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan mul`timedianing Microsoft Power Point, Auto Play Media Studio, easy Quizzy, VR va AR, Exzel, Ximiya 10, Photo Math, Scaupe dastur va vositalari asosida takomillashtirilgan, mul`timedia texnologiyalaridan foydalanishning dasturiy-metodik ta’minoti yaratilgan;
o‘quvchilarning bilim olishlarini faollashtirishga, ijodiy qobiliyatini, intellektual salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallar, nazorat testlari, topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan;
o‘quvchiarning bilimini nazorat qilish easy Quizzy dasturi asosida takomillashtirilgan, kvalimetrik yondashuv asosida tahlil qilingan;
kimyo o‘qitish samaradorligini oshirishni mul`timedia texnologiyalari asosida tashkil etilgan, ta’limdagi samaradorlik kvalimetrik mezonlar, pedagogik tajriba-sinov asosida aniqlangan, olingan natijalar tahlil qilingan, dissertatsiya mavzusi asosida metodik tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kimyo o‘qitish samaradorligini mul`timedia texnologiyasi va kvalimetrik yondoshuv asosida tashkil etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:” 9-sinf uchun electron darslik”-o‘quv qo‘llanma (Guvohnoma № 002492), “9-sinf uchun electron darslik” (Guvohnoma № 002493),” Kimyo. 10-sinf uchun electron darslik” (Guvohnoma № 002537),“Kimyo fanidan o‘tkaziladigan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarning video usullari” (Guvohnoma № 003011.),”9–11-sinf o‘quvchilari uchun kimyo fanidan electron didaktik topshiriqlar majmuasi” (Guvohnoma № 002825) tayyorlandi. Elektron ko‘rinishda tayyorlangan testlar va didaktik materiallar o‘quvchilarning o‘quv faoliyati va o‘qitish mazmuni shaxsiy-refleksiv, kognitivlik, kreativlik, motivatsion-faollashtirish darajasiga ustuvorlik berish asosida tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan, ta’limda sifat va samaradorlikka erishilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 yanvardagi 89-03-209-sonli ma’lumotnomasi); Natijada tayyorlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan va ta’limda samaradorlikka erishilgan.
Kimyo o‘qitishda o‘quvchilarning bilim olishlarini mul`timedia texnologiyalari va kvalimetrik yondoshuv asosida faollashtirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, fanga oid kompetensiyalarni qo‘llash, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 15 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ4805-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 186-son buyrug‘i. (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 02-02/5-99-son ma’lumotnomasi). Natijada hamda mazkur sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda va belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanilgan.
Me’yoriy hujjatlarni joriy etish orqali umumta’lim maktablari kimyo o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmi takomillashtirilgan, ta’limda samaradorlikka erishilgan; umum ta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun “Kimyo fanidan elektron didaktik topshiriqlar majmuasi” ish daftarlari, 9–11-sinflar uchun “Umumiy kimyo” elektron darsligi, “Kimyo fanidan video ko‘rinishdagi laboratoriya ishlari”, “Kimyo fanidan mavzular kesimidagi testlar to‘plami”ning elektron variantlari ishlab chiqilgan va umumta’lim maktablari pedagoglari tomonidan ijobiy baholanib, amaliyotda qo‘llanilgan; IZMN-201-0924190421-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalari” nomli innovatsion loyiha, PZ-2017927124-raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha ishlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021yil 16-dekabrdagi 03-1531-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kimyo fanini mul`timedia texnologiyalari asosida o‘qitishda samaradorlikka erishish imkonini bergan.
Ko‘rsatilgan ish namunalari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi” Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi tomonidan o‘rganib chiqilgan, tinglovchilar o‘z ish faoliyatlarida foydalanishlari uchun 2020 yil
24 dekabrda markazning rasmiy veb sayti www.pedagogika.uz) va rasmiy telegram kanali https://me/toshvilmohm elib) va – http//pedagogika/uz/blog-single-2php ga joylashtirilgan. Shuningdek ish namunalari Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududiy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi kimyo yo‘nalishi tinglovchilariga foydalanish uchun tavsiya etilgan. (O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligining 28-dekabr` 2020 yil 01-01/02-145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarining tinglovchilari uchun mul`timedia texnologiyalari asosida tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish imkonini berdi;
Ish namunalari Ziyonet axborot ta’lim tarmog‘iga 2020yil 13 fevralda joylashtirilgan va ularning havolasi: http://library.ziyonet.uz/uz/book/109513 109512, 109513, 109514, 109515, 109516. Natijada Ziyonet axborot ta’lim saytlari orqali ish namunalaridan mamlakatimizning kimyo fani o‘qituvchilari o‘z ish tajribalarida foydalangan. Kimyodan tayyorlangan mul`timediali elektron o‘quv qo‘llanmalar, virtual laboratoriya ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.