Inamova Gullola Axmad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tili darslarida o‘kuvchilarning tinglab tushunish ko‘nikmasini audiovizual vositalar orqali rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped957.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ubaydullaev Shuxratjon Narzullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf ingliz tili darslarida tinglab tushunish ko‘nikmasini audiovizual vositalar orqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limda differensial yondashuvning samaradorligi ta’lim mazmunida qayd etilgan yuqori sinf o‘quvchilarining B1 darajasiga mos (kundalik va ijtimoiy hayot, ta’lim va madaniyatga oid) mavzular kontentiga V1+ bilim darajasiga nisbatan belgilangan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan audiovizual va audiolingual o‘qitish shakllarini kiritish  orqali isbotlangan;
chet tili ta’limining turli xil bosqichlarida tinglab tushunish salohiyatiga qo‘yilgan CEFR talablarining predict the topic texnikasining o‘rta ta’lim maktablari audio-lingual topshiriklariga tatbiq etishning afzalligi o‘quvchilarning ingliz tili aksentlarini sintez qilish ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan mind tool texnologiyasining muqobil usuli sifatida taklif etilgan;
yuqori darajadagi auditiv kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan o‘quvchilarning statistik qatorlarda ifodalangan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni (15,6%) aniqlash orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi interferension omillarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot takomillashtirilgan;
tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda eshituv analizatorlarining IPA talablariga mos ravishda fonema, bo‘g‘in, urg‘u, so‘z, so‘z birikmasi, ibora va matnlar darajasida og‘zaki nutqni idrok etishning akustik komponenti orqali  audio-vizual oqimlardan kelayotgan dinamik ma’lumotni idrok etish va qayta ishlashga qaratilgan kross-platforma dasturlarini yaratish bo‘yicha  tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’limda differensial yondashuvning samaradorligi ta’lim mazmunida qayd etilgan yuqori sinf o‘quvchilarining B1 darajasiga mos (kundalik va ijtimoiy hayot, ta’lim va madaniyatga oid) mavzular kontentiga V1+ bilim darajasiga nisbatan belgilangan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan audiovizual va audiolingual o‘qitish shakllarini kiritishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentlik xuzurida ta’lim tashkilotlarida xorijiy til pedagoglarining malakasini oshirish bo‘yicha mobil guruhlar uchun o‘quv dasturlar, mahorat darslari va seminar tashkil etishda nazariy asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi 2021 yil 15 dekabrdagi A-01-423-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining tinglab tushunish kompetensiyasini audiovizual materiallar yordamida rivojlantirishga xizmat qilgan;
 chet tili ta’limining turli xil bosqichlarida tinglab tushunish salohiyatiga qo‘yilgan CEFR talablarining predict the topic texnikasining umumiy o‘rta ta’lim maktablari audio-lingual topshiriklarini mind tool texnologiyasining muqobil usuli sifatida o‘qitishga qaratilgan xulosalardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433-loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining  2022 yil 30 maydagi 06/342-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi avlod darsliklarini yaratishda milliy-hududiy tavsifga illyustratsion materiallardan foydalanishga xizmat qilgan;
yuqori darajadagi auditiv kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan o‘quvchilarning statistik qatorlarda ifodalangan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni (15,6%) aniqlash orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va tinglab tushunish malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi interferension omillarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yo‘l xaritasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 3 fevraldagi 02-02/3-121-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini audiovizual materiallar yordamida rivojlantirishga xizmat qilgan;
tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda eshituv analizatorlarining IPA talablariga  mos ravishda fonema, bo‘g‘in, urg‘u, so‘z, so‘z birikmasi, ibora va matnlar darajasida og‘zaki nutqni idrok etishning akustik komponenti orqali  audio-vizual oqimlardan kelayotgan dinamik ma’lumotni idrok etish va qayta ishlashga qaratilgan kross-platforma dasturlarini yaratish bo‘yicha  ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalaridan «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Foreign languages», «Kun tartibi» ko‘rsatuvlari dasturini tayyorlashda dissertatsiya ilmiy-nazariy xulosalaridan foydalanilgan («O‘zbekiston» teleradiokanalining 2022 yil 2 yanvardagi 05-23-219-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘rganuvchilarning reseptiv nutqini takomillashtirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish