Mamataliev Nozim Nimadjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xrom-alyuminiy interkalirlangan montmorillonit: olinish usullari va fizik-kimyoviy hususiyatlari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K447.
Ilmiy rahbar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xrom, xrom-alyuminiy interkalirlangan montmorillonitni olish usullari va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cr, Al va Cr+Al barqaror polioksokationlarini sintez qilish sharoitlaridagi farqlar: harorat, rN, jarayon davomiyligi, Me3+/OH– nisbati, konsentratsiyaga bog‘liqligi aniqlangan;
mono- va ko‘p yadroli interkalirlovchi agentlarning barqarorligi pH diapazoni kengligining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi hamda Cr3+, Al3+, Cr3+/Al3+ polikationlarining 0,1 M eritmalari uchun pH diapazoni mos ravishda 1,7; 0,7; 2,0 ga teng ekanligi bu esa aralash polikatonlarning barqarorligi yuqoriligi isbotlangan;
CH3-π dan tashqari aromatik halqa va Al=O, Sr=O bog‘lari hisobiga π - π ta’sirlashish mavjudligi hisobidan pillar materiallarda toluol adsorbsiyasi ko‘rsatkichlarining geksanga nisbatan yuqoriligi isbotlangan;
bo‘yoq moddalar adsorbsiyasi pillar materiallar yuzasida yangi bog‘larning vujudga kelishi hisobiga borishi hamda metilen ko‘ki (MK) adsorbsiyasining erkin energiyasi qiymati LB<Cr-LB<Cr/Al-LB, kongo qizil (KQ) adsorbsiyasida esa LB<Cr/Al-LB<Cr-LB qatoriga muvofiq kelishi aniqlangan;
KK tutgan tizim uchun har ikkala katalizator miqdorini 1 dan 3-3,5 g/l gacha ko‘tarilishi reaksiya tezligini 4-6 barobargacha va unumini 100% gacha oshirishi, MK tizimida esa o‘xshash natijalarga erishish uchun Cr-LB sarfi 1 g/l bo‘lishi aniqlangan;
LB ning kislotali markazlari sonini interkalirlash jarayonida Cr-LB va Cr/Al-LB uchun mos ravishda 0,015 dan 0,067 va 0,029 gacha ortishi, bu esa sintezlangan namunalarni kislota tipidagi reaksiyalar uchun katalizator sifatida ishlatishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Montmorillonitni xrom va alyuminiy polioksokationlari bilan interkalyasiyalash asosida yuqori g‘ovakli materiallarni tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xrom-alyuminiyli interkalirlangan Logon bentoniti asosida neft mahsulotlari va organik moddalardan katalitik zararsizlantirish yordamida oqava suvlarni tozalash texnologiyasi «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 5 maydagi 03-17-5/48-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat oqava suvlarini talab darajasigacha tozalash va texnologik siklga qaytarish imkonini beradi;
oqava suvlarni organik moddalardan adsorbsion va katalitik tozalovchi xrom-alyuminiy interkalatsiyalangan bentonit asosidagi adsorbent «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning «2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ruyxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 5 maydagi 03-17-5/48-son ma’lumotnomasi). Natijada, Cr va Cr/Al pillyar alyuminosilikatlardan foydalanganda oqava suvlar tarkibidan uglevodorodlar konsentratsiyasi mos ravishda 96 va 79% ga kamaytirish imkoni beradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish