Kadirov Ulug‘bek Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sabzavotlarni sublimatsion usulda quritish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash va qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T882.
Ilmiy rahbar: Mamatov Sherzod Mashrabjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinida sabzavotlarni sublimatsion quritish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piyoz va lavlagi uchun o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda dastlabki ishlov berishning maqbul rejimlari aniqlangan;
issiqlik oqimi zichligi 10000 Vt/m2 o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapazonda dastlabki ishlov berish sabzavotlardagi namlikning bug‘ga o‘tishi uchun chiqish yo‘llari kengayishi bilan sublimatsion quritish jarayonini 5 - 6 soatga qisqarishi, energiyani 20 - 25 % tejalishi isbotlangan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit diapozonida birlamchi qayta ishlab sublimatsion quritilgan piyoz va lavlagi namunalarining regidratatsiya tezligiga ta’siri aniqlanib, o‘z hajmini qayta tiklashi 94 % gacha etishligi isbotlangan;
ishlov berilayotgan tadqiqot ob’ektlariga kombinatsiyalangan energiya uzatish orqali sublimatsion quritish jarayoni tezligini 1,3 barobarga oshirishi aniqlangan;
sublimatsion usulda quritilgan mikro- va makroelementlarga boy sabzavotlar ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinni qo‘llagan holda sabzavotlarni sublimatsion quritish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit to‘lqin diapazonda dastlabki ishlov berish orqali sublimatsion quritish texnologiyasi «GOLD DRIED FRUITS EXPORT» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yilning 11 fevraldagi 11-8/11-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy vitaminlar, mikro- va makroelementlarga boy sublimatsion quritilgan sabzavotlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
dastlabki ishlov berish orqali takomillashtirilgan sublimatsion quritish texnologiyasi «SUNNY LAND PRODUCTS» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2022 yilning 11 fevraldagi 11-8/11-22-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzovotlarni quritish vaqtini o‘rtacha 5 - 6 soatga qisqarishi va energiya sarfini 20 - 25 % ga tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish