Qushbaev Farrux Quchqaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Payg‘ambarlik risolatining Makka davri», 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Isl6.
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Maxmudxodja Nizamovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedov Ne’matullo Asatullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent; Ibragimova Nozima Kamiljanovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: payg‘ambarlik risolatining Makka davri xususiyatlarini Qur’oni karim oyatlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Hizbu-t-tahrir” va soxta salafiylar tomonidan ilgari surilayotgan islom ta’limotida “vatan” (الوطن) tushunchasi yo‘qligi xususidagi iddaolarning asossiz ekani Payg‘ambar (s.a.v.)ning joniga suiqasd qilinmagunicha, Madinaga hijrat qilmaganligi voqeasi hamda “Qasos” (القصص) surasi 85-oyatda Makkaga qaytib kelishi bashorati berilgachgina u kishining ko‘ngli taskin topgani haqidagi ma’lumotlar vositasida dalillangan;
islom dini tarixiga oid asl manbalardagi birinchi va ikkinchi Habashiston hijratlari (الهجرة الي الحبشة – hozirgi Efiopiya hududiga safar) hamda ikkinchi Aqaba bay’ati (بيعة العقبة – madinalik musulmonlar bilan tuzilgan bitim) voqealari musulmon jamoasining ilk diplomatik munosabatlari risolatning Makka davridayoq yo‘lga qo‘yilishiga zamin bo‘lgani aniqlangan;
islom dini arkonlaridan hisoblangan zakot ibodati Madina davrida farz qilingan bo‘lsa-da, jamiyatdagi kuchli tabaqalanishga barham berish, zaif qatlamni qo‘llab-quvvatlash maqsadida risolatning Makka davridayoq keng targ‘ib qilingani “Maryam” (مريم), “Mu’minun” (المؤمنون), “Naml” (النمل), “Rum” (الروم), “Fussilat” (فصّلت) suralaridagi jami 5 ta oyat orqali isbotlangan;
VII asr boshida Madinada shakllangan ilk islom jamiyatining huquqiy asosi bo‘lgan 47 banddan iborat “Sahifat al-Madina” (صحيفة المدينة) hujjatidagi fuqarolik huquqlari, moliyaviy masalalar va dinlararo munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq jami 18 ta bandi makkiy oyatlar ko‘rsatmalari asosida shakllantirilgani yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Payg‘ambarlik risolatining Makka davrini tadqiq etish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
VII asr boshida Madinada shakllangan ilk islom jamiyatining huquqiy asosi bo‘lgan 47 banddan iborat “Sahifat al-Madina” (صحيفة المدينة) hujjatidagi fuqarolik huquqlari, moliyaviy masalalar va dinlararo munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq jami 18 ta bandi makkiy oyatlar ko‘rsatmalari asosida shakllantirilgani aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida nashr etilgan “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 2 iyul` sanasidagi 133-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaz ma’lumotlari Imom Termiziy va uning “Shamoili Muhammadiya” asari haqidagi bilimlar bilan boyitilgan hamda aholi turli qatlamlarining ajdodlar merosi bo‘yicha bilim va tasavvurlarini oshirishga xizmat qilgan;
“Hizbu-t-tahrir” va soxta salafiylar tomonidan ilgari surilayotgan islom ta’limotida “vatan” (الوطن) tushunchasi yo‘qligi xususidagi iddaolarning asossiz ekani Payg‘ambar (s.a.v.)ning joniga suiqasd qilinmagunicha Madinaga hijrat qilmaganligi voqeasi hamda “Qasos” (القصص) surasi 85-oyatda Makkaga qaytib kelishi bashorati berilgachgina u kishining ko‘ngli taskin topgani haqidagi ma’lumotlar vositasida dalillangani xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazi tomonidan buyurtma asosida chop etilgan “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 14 iyundagi 02-03/3805-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom tarixini kengroq tushunish hamda xolisona ma’lumotlar bilan tanishish orqali talabalar va jamiyat orasida diniy bag‘rikenglik muhitini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
islom dini arkonlaridan hisoblangan zakot ibodati Madina davrida farz qilingan bo‘lsa-da, jamiyatdagi kuchli tabaqalanishga barham berish, zaif qatlamni qo‘llab-quvvatlash maqsadida risolatning Makka davridayoq keng targ‘ib qilingani “Maryam” (مريم), “Naml” (النمل), “Fussilat” (فصلت), “Mu’minun” (المؤمنون), “Rum” (الروم) suralaridagi jami 5 ta oyat orqali isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida chop etilgan “Islom huquqida nikoh va oilaviy munosabatlarning tarixiy-nazariy asoslari” nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 28 maydagi 02-09/1412-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining ilk islom davrida oilaviy munosabatlarni o‘rnatish tartibi va ayollar huquqi borasidagi bilimlarining yanada boyishiga hissa qo‘shilgan;
islom dini tarixiga oid asl manbalardagi birinchi va ikkinchi Habashiston hijratlari (الهجرة الي الحبشة – hozirgi Efiopiya hududiga safar) hamda Aqaba bay’ati (بيعة العقبة – madinalik ilk musulmonlar bilan tuzilgan bitim) voqealari musulmon jamoasining ilk diplomatik munosabatlari risolatning Makka davridayoq yo‘lga qo‘yilishiga zamin bo‘lgani isbotlangan to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining “Taqdimot” turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 01-40-949-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar mazmun-mohiyatini yanada keng ochib berishda, xalqqa sof islom ma’rifatini etkazishda, jamiyat orasida diniy bag‘rikenglik muhitini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan.