Shukurov Dilmurod Xursanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyosh elementlari uchun noorganik va organik yarimo‘tkazgich birikmalar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2749.
Ilmiy rahbarlar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Baxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Bahodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyosh nurlariga sezgir bo‘yoqlardan quyosh elementlarini olish uchun yuqori assimilyasiya koeffisientiga ega, yangi, samarali organik va noorganik yarimo‘tkazgich sezgir bo‘yoq moddalar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anilin va ftalotsianin asosida PANI, SiRs, ZnRc, CuPc markali quyosh nurlariga sezgir yarimo‘tkazgich bo‘yoq moddalar olingan;
tarkibida kremniy, mis va rux saqlagan sezgir bo‘yoq moddalarni olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
sintez qilingan tarkibida kremniy, mis va rux saqlagan ftalotsianin bo‘yoq moddalarning spektrofotometrik va vol`t-amper tahlil natijalari asosida fotosensibilizatorlik xususiyatlari aniqlangan;
olingan bo‘yoq moddalarning kuchlanish qiymatlari SiRs<ZnRc<CuPc<PANI qatorida ortib borishi va tok kuchi qiymatlari SiRs>PANI>SuRs>ZnRc qatorida kamayib borishi aniqlangan;
anilin va ftalotsianin asosida quyosh elementlari uchun sezgir bo‘yoq moddalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyosh elementlari uchun noorganik va organik yarimo‘tkazgich birikmalar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
anilin va ftalotsianin asosida quyosh nurlariga sezgir bo‘yoqlarni ishlab chiqarish texnologiyasi “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2022 yil 28 aprel`dagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyosh elementlari uchun fotosensibilizatorlik qobiliyati yuqori bo‘lgan PF-ZnPc-115 markali quyosh nurlariga sezgir bo‘yoqlarni olish imkonini bergan; 
anilin monomerlari va ftalotsianin asosida olingan bo‘yoq moddalar “BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida quyosh elementlari olishda amaliyotga joriy qilingan (“BMAX BUILDING MATERIALS” MChJ O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasining 2022 yil 28 aprel`dagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan SiRs, ZnRc, CuPc, PANI markali yarimo‘tkazgich bo‘yoq moddalar asosida foydali ish koeffisienti 5-6 % bo‘lgan uchinchi avlod quyosh elementlari olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish