Zakirova Dilfuza Tulkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Islom dinidagi ta’qiqlarning ijtimoiy ahamiyati», 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Isl26.
Ilmiy rahbar: Hasanov Ahadjon Ahmadjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.IsI./Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Axmedov Burxon Abduraxmonovich, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: islom dinidagi ta’qiqlarning inson ijtimoiy va ma’naviy hayotiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinlardagi “tabu” (ta’qiqlar) tushunchasi tarixan o‘sha dinga e’tiqod qiluvchilarning mintaqaviy xususiyatlariga asosan shakllangani bois mahalliy dinlarda ta’qiqlar tabiatdagi jismlarning “muqaddas” sanash, e’zozlash hamda ulardan qo‘rqish hissiga tayangani, biroq monoteistik (yakkuxudolik) dinlardagi ta’qiqlar hududiy mansublikdan qat’i nazar, Yaratuvchi oldidagi hisobdorlikka asoslangani isbotlangan;
“taqvo” (التقوي – saqlanish, qo‘rqish, ehtiyot bo‘lish) tushunchasi tarixiy davrlarda turlicha talqin qilingani sababli ilk islomda “o‘zini gunoh va oxirat azobidan saqlash” tarzida tushunilgan bo‘lsa, diniy bilimlar rivojlanishi natijasida tasavvufiy tariqatlar uni “muboh” (ixtiyoriy) amallarni ham qilmaslik, deb qabul qilgani ochib berilgan;
islomdagi ta’qiqlar “usul al-fiqh” olimlari tomonidan Qur’on va sunnaga asosan “besh maqsad” (المقاصد الخمسة – ya’ni inson hayoti, aqli, nasli, moli va sha’ni muhofazasi) qoidasiga binoan tizimlashtirilgani natijasida musulmonlar hayotining har bir jabhasida yuzaga keladigan masalalarni “mashru’” (shar’iy) va “g‘ayri mashru’” (noshar’iy) sifatida tasniflash imkoniyati mavjudligi dalillangan;
“rishva” (رشوة – poraxo‘rlik) jamiyatni kemiruvchi illat sanalgani sababli ilk musulmon jamoasi shakllanayotgan Madina davrining o‘zidayoq Qur’oni karimning ikki yirik – Baqara (البقرة) 188 va Moida surasi (المائدة) 42-oyatlari bilan ta’qiqlangani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Islom dinidagi ta’qiqlarning ijtimoiy ahamiyati mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
dinlardagi “tabu” (ta’qiqlar) tushunchasi tarixan o‘sha dinga e’tiqod qiluvchilarning mintaqaviy xususiyatlariga asosan shakllangani bois mahalliy dinlarda ta’qiqlar tabiatdagi jismlarning “muqaddas” sanash, e’zozlash hamda ulardan qo‘rqish hissiga tayangani, biroq monoteistik (yakkuxudolik) dinlardagi ta’qiqlar hududiy mansublikdan qat’i nazar, Yaratuvchi oldidagi hisobdorlikka asoslangani isbotlangani xususidagi ilmiy xulosalardan “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot institutining JHBL 10-sonli “Oilaviy ajralishlarning omillari va oqibatlari tahlili, ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar (chora-tadbirlar)” ilmiy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 28 iyundagi 01-09/448-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajrashish oldida turgan oilalar, nikoh qurishga kirishayotgan yoshlar ongida oilaviy ajrimlarning oldini olish, er-xotinning bu boradagi mas’uliyati to‘g‘risida diniy ko‘rsatma va ta’qiqlarni tushuntirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
“taqvo” (التقوي – saqlanish, qo‘rqish, ehtiyot bo‘lish) tushunchasi tarixiy davrlarda turlicha talqin qilingani sababli ilk islomda “o‘zini gunoh va oxirat azobidan saqlash” tarzida tushunilgan bo‘lsa, diniy bilimlar rivojlanishi natijasida tasavvufiy tariqatlar uni “muboh” (ixtiyoriy) amallarni ham qilmaslik, deb qabul qilgani ochib berilgani xususidagi ilmiy xulosalardan “Dunyo bo‘ylab” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Tungi turizm O‘zbekistonga kerakmi?” mavzusidagi tizimli ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 01 iyuldagi 04-15/1301-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish jamiyatda aholining diniy ta’qiqlar, taqvo, “halol” va “harom” kategoriyalari haqidagi bilimlarini yuksaltirish orqali jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qilgan;
islomdagi ta’qiqlar “usul al-fiqh” olimlari tomonidan Qur’on va sunnaga asosan “besh maqsad” (المقاصد الخمسة – ya’ni inson hayoti, aqli, nasli, moli va sha’ni muhofazasi) qoidasiga binoan tizimlashtirilgani natijasida musulmonlar hayotining har bir jabhasida yuzaga keladigan masalalarni “mashru’” (shar’iy) va “g‘oyri mashru’” (noshar’iy) sifatida tasniflash imkoniyati mavjudligi dalillanganiga oid ilmiy xulosalardan PZ-20170930317 – “Globallashuv jarayonida ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan kishilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 6 iyuldagi 02-03/4312-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom ta’limotida ta’qiqlarning ijtimoiy ahamiyati, shaxs va jamiyat ma’naviy kamoloti, tarbiyasini mustaxkamlashdagi roli haqidagi ma’lumotlarning ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
“rishva” (رشوة – poraxo‘rlik) jamiyatni kemiruvchi illat sanalgani sababli ilk musulmon jamoasi shakllanayotgan Madina davrining o‘zidayoq Qur’oni karimning ikki yirik – Baqara (البقرة) 188 va Moida surasi (المائدة) 42-oyatlari bilan ta’qiqlangani aniqlangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Kiberxavfsizlik markazi to‘g‘risi”dagi Nizom hamda “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning samarali chora-tadbirlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 23 iyundagi 17/3-2146-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu korrupsiyaga qarshi kurash, ushbu illatning jamiyat va shaxs hayotiga xavf soluvchi oqibatlarining diniy jihatlarini jamoatchilikka tushuntirish, mazkur masalalar yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatining yuksalishiga xizmat qilgan.