Ulashov Ilhom Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Benzimidazol va xinazolinlar asosida yangi, mahalliy antgel`mint vositalar ishlab chiqish», 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2.PhD/V30.
Ilmiy rahbar: Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ofurov Aktam G‘ofurovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Davlatov Ravshan Berdievich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorva mollari va parrandalarning hozirgi davrda keng tarqalgan asosiy gel`mintozlarini aniqlash, ularga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish, yangi mahalliy vositalar asosida antgel`mint vositalar yaratish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi zamon chorvachilik yuritish texnologiyasi sharoitida qishloq xo‘jalik hayvonlaridan qo‘ylarning 85,6 foizi, qoramollarning 68,45 foizi, otlarning 80,82 foizi va parrandalarning 80,15 foizi asosiy gel`mintozlar bilan zararlanganligi aniqlangan;
antgel`mint vositalarni kimyoviy xususiyatlari bilan ularning antgel`mint faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan, natijada kimyoviy tarkibida xlor moddasi va uning birikmalari bo‘lgan kimyoviy vositalarning aksariyati gel`mintlarning Trematoda sinfi vakillariga qarshi ta’sir qilishi, tarkibi mis, mish`yak va boshqa moddalar tuzlari bo‘lgan vositalar gel`mintlarning Cestoda sinfi vakillariga qarshi ta’sir ko‘rsatishi, benzimidazollarga asoslangan antgel`mint vositalar esa keng ta’sir doiraga ega ekanligi aniqlangan;
respublikamizda yangi, mahalliy xom-ashyolar va yangi texnologiya asosida O‘MKIda sintez qilingan 2-atsetilaminobenzimidazol (2-ASB)ning antgel`mint xususiyatlari va uning turli gel`mint guruhlariga nisbatan samaradorligi aniqlangan hamda bu vositani antgel`mint sifatida qo‘llash dozalari ishlab chiqilgan;
respublikamizda ilk bor Navoiy Azot IBda ishlab chiqarilgan albendazolning suspenziya shakli – «Al`sus» preparatini fassiolyozga qarshi 80 foiz, boshqa gel`mintozlarga qarshi 100 foiz antigel`mint samarasi aniqlangan;
O‘MKI da yaratilgan xinazolin-4-on va uning gidroxloridli hosilasining fassiolotsid xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Benzimidazol va xinazolinlar asosida yangi, mahalliy antgel`mint vositalar ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
«Al`sus (albendazolning 10% suspenziyasi)ni qo‘llash bo‘yicha» Qo‘llanma 2018 yil dekabrda Davlat Veterinariya Bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan va”Al`sus” suspenziyasi amaliyotga Qashqadaryo viloyatidagi “Qorako‘lchlik ilmiy nasilchilik tajriba stansiyasida” “Chirkay” chorva fermer xo‘jaliklarida, Samarqand viloyati Urgut va Toyloq tumanlaridagi shaxsiy xo‘jaliklari chorva mollari gel`mintozlarga qarshi qo‘llanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/23-2266-son ma’lumotnomasi). Natijada chorva mollarining turli gel`mintozlar bilar zararlanishining 85-90 foiz oldini olish va davolashga erishilgan;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2021 yil 18 noyabrda «Qo‘ylar fassiolyoziga qarshi xinazolin preparatini qo‘llash bo‘yicha» Qo‘llanma tasdiqlangan va amaliyotga Qashqadaryo viloyatidagi “Qorako‘lchlik ilmiy nasilchilik tajriba stansiyasida”, Samarqand viloyati Urgut va Toyloq tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari, shaxsiy xo‘jaliklari chorva mollari gel`mintozlarga qarshi qo‘llanilgan(Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/23-2266-son ma’lumotnomasi). Natijada xinazolin chorva mollarining fassiolalarni 75-80% keskin kamaytirish imkonini bergan;
2-atsetilaminobenzimidazol va uning gidroxloridi Qashqadaryo viloyatidagi “Bahriddin bobo avlodlari” chorva fermer xo‘jaligida, Samarqand viloyati Urgut va Toyloq tumanlaridagi shaxsiy xo‘jaliklari chorva mollari gel`mintozlariga qarshi qo‘llanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabrdagi 02/23-2266-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida chorva mollarining turli gel`mintozlar bilan zararlanishini oldi olingan va 80-90 % davolashga erishilgan.