Nuridinov Abdumalik Mukaranqulovichning 
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zada viltni qo‘zg‘atuvchi ayrim tuproq patogenlariga bardoshli yangi seleksion ashyolarni yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Qx75.
Ilmiy maslahatchi: Axmedov Jamolxon Xo‘jaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning “Paxtakor-1” navi (№NAP00140), “O‘zPITI-102” navi (№NAP00191), “O‘zPITI-103” navi (№NAP00315). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 7 dekabrdagi 01-11/3081, 01-11/3085 va 01-11/3091-sonli xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: tur ichida diallel va murakkab duragaylash asosida ixcham tupli, tezpishar, serhosil, tola chiqishi va sifati yuqori, vilt kasalligini qo‘zg‘atuvchi ayrim tuproq patogenlariga  bardoshli g‘o‘zaning yangi seleksion ashyolarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk marotaba g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub tezpishar, xosildor, viltga bardoshli navlarni yaratishda tur ichida diallel va murakkab duragaylash asosida chatishtirish uslublari yuqori samarali ekanligi aniqlangan;
g‘o‘zaning Paxtakor-1, UzPITI-102 va UzPITI-103 navlarida tezpisharlik, mahsuldorlik, tola chiqishi va sifati yuqoriligi, mashinabobligi va vilt kasalligiga bardoshlilik xususiyatlari mavjudligi aniqlangan;
yangi yaratilgan o‘rta tolali Paxtakor-1, UzPITI-102 va UzPITI-103 g‘o‘za navlari Respublikamizning Jizzax, Farg‘ona, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarining turli tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mosligi, ulardan rayonlashgan AN-Bayovut-2 va C-6524 navlariga nisbatan erta va sifatli hosil olinishi, boshqa navlarga nisbatan hosildorligi 5-10 s/ga yuqori ekanligi, tola sifati to‘qimachilik sanoati talablariga to‘liq javob berishi bilan boshqa navlardan ustunligi isbotlangan; 
g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub ixcham, tezpishar, mahsuldorligi yuqori va vilt kasalligiga bardoshli Paxtakor-1, UzPITI-102 va UzPITI-103 navlari yaratilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘za navlari seleksiyasida tur ichida diallel va murakkab duragaylash samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
g‘o‘zaning o‘rta tolali, tezpisharligi 118-120 kun, hosildorligi 40-45 s/ga, ko‘sagining vazni-5,5-5,6 g., mikroneyri-4,4-4,5, tola uzunligi–33,5-34,0 mm, tola chiqimi–38,0-39,0 %, tolaning uzilish uzunligi 28,2-28,5 g.k./teks, tola sifati IV-tipga mansub viltga chidamli Paxtakor-1 navi yaratilib, rayonlashtirilgan “Paxtakor-1” g‘o‘za navi Jizzax viloyatida 4750 gektar maydonda joriy etilgan va “Paxtakor-1” naviga IMA tomonidan patent berilgan (№NAP00140) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/020-5033-son ma’lumotnomasi). Natijada tezpishar, ixcham tupli, mashina terimiga mos, serhosil, vilt kasalligiga bardoshli Paxtakor-1 navi ekilgan maydonlarda o‘rtacha 35,2-40,3 s/ga hosil olinib, 4,3 mln. so‘m/ga. iqtisodiy samaradorlikka erishilgan; 
g‘o‘zaning o‘rta tolali, tezpisharligi 117-120 kun, hosildorligi 38-40 s/ga, ko‘sagining vazni-6,1-6,4 g., mikroneyri- 4,3-4,5, tola uzunligi–33,5-34,0 mm, tola chiqimi–37,0-38,0 %, tolaning uzilish uzunligi 28,3-28,5 g.k./teks, tola sifati IV-tipga mansub viltga chidamli UzPITI-102 navi yaratilib, yangi “O‘zPITI-102” g‘o‘za navi Toshkent viloyatida 285 gektar maydonda joriy etilgan va “O‘zPITI-102” naviga IMA tomonidan patent berilgan (№NAP00191) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/020-5033-son ma’lumotnomasi). Natijada tezpishar, ixcham tupli, mashina terimiga mos, serhosil, vilt kasalligiga bardoshli UzPITI-102 navi ekilgan maydonlarda o‘rtacha 35,0-40,0 s/ga hosil olinib, 6,3 mln. so‘m/ga. iqtisodiy samaradorlikka erishilgan; 
g‘o‘zaning o‘rta tolali, tezpisharligi 117-120 kun, hosildorligi 40-45 s/ga, ko‘sagining vazni-5,9-6,1 g., mikroneyri-4,2-4,4 tola uzunligi–33,5-34,0 mm, tola chiqimi–37,0-38,0 %, tolaning uzilish uzunligi 28,2-28,6 g.k./teks, tola sifati IV-tipga mansub viltga chidamli UzPITI-103 navi yaratilib, istiqbolli “O‘zPITI-103” g‘o‘za navi Toshkent viloyatida 2545 gektar maydonda joriy etilgan hamda “O‘zPITI-103” naviga IMA tomonidan patent berilgan (№NAP00315) (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 10 dekabrdagi 02/020-5033-son ma’lumotnomasi). Natijada tezpishar, ixcham tupli, mashina terimiga mos, serhosil, vilt kasalligiga bardoshli UzPITI-103 navi ekilgan maydonlarda o‘rtacha 35,0-42,0 s/ga hosil olinib, 6,4 mln. so‘m/ga. iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish