Kayumov Kaxramon Nozimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda kichik shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasini boshqarish va rivojlantirish mexanizmlari», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/S63.
Ilmiy rahbar: Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kichik shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasini boshqarish va uni rivojlantirish mexanizmlarida yuzaga kelayotgan kichik shaharlar infratuzilmasini samarali boshqarishning sotsiologik imkoniyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik shaharlar ijtimoiy infratuzilmasini boshqarishda P.Burd`ening ijtimoiy sohalar nazariyasi, rivojlantirishda E.Giddensning tizimli funksionalizmi, ijtimoiy faollikni oshirishda P.Sorokinning ijtimoiy harakatchanlik nazariyasi orqali aholining statik, funksional, tadrijiy, sotsiologik jihatlari aniqlangan; 
kichik shaharlardagi mikromuhit (oila, mahalla, ta’lim muassasalari)ning ob’ektiv parametrlari (boshqaruv faoliyatini amalga oshirish) orqali shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari insonning shaxsiy va ijtimoiy faoliyat sub’ekti ekanligi ochib berilgan;
kichik shaharlarning madaniy salohiyatini rivojlantirishga doir   investisiyalar kiritish, shaharlararo o‘zaro hamkorlik orqali sotsial strukturasini kuchaytirish, sotsiomadaniy muhit samaradorligini oshirishga qaratilgan pragmatik loyihalarni ishlab chiqish zarurati asoslangan;  
katta va kichik shaharlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda qo‘shma ta’limni joriy etish orqali inson kapitalini rivojlantirish, shahar madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, mehnat va maishiy mobilligini ta’minlash asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekistonda kichik shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasini boshqarish va rivojlantirish mexanizmlari muammosini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik shaharlar ijtimoiy infratuzilmasini boshqarishda P.Burd`ening ijtimoiy sohalar nazariyasi, rivojlantirishda E.Giddensning tizimli funksionalizmi, ijtimoiy faollikni oshirishda P.Sorokinning ijtimoiy harakatchanlik nazariyasi orqali aholining statik, funksional, tadrijiy, sotsiologik jihatlari aniqlanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2021 yildagi chora-tadbirlar rejasidagi 4-yo‘nalishga qo‘shimcha 5a-bandi «Hududlardagi shaharlar va kichik shaharlarni ijtimoiy infratuzilmalarini boshqarishda kadrlar kompetensiyasini tahlil qilish», 6a-bandi «Hududlardagi ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari faoliyatidagi samaradorlik va natijadorlikni baholash» kabi bandlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2021 yil 27 dekabrdagi №04/3-02-41-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘mitaning shaharsozlikka doir qonunchilik normalarini o‘rganishda, monitoring olib borish va tegishli xulosa tayyorlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan;
kichik shaharlardagi mikromuhit (oila, mahalla, ta’lim muassasalari)ning ob’ektiv parametrlari (boshqaruv faoliyatini amalga oshirish) orqali shaxs ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari insonning shaxsiy va ijtimoiy faoliyat sub’ekti ekanligi ochib berilganligiga oid ma’lumotidan Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2019 yilda «O‘zbekiston zamonaviy jamiyatining ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy stratifikatsiyasi» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketada «A» blokida 6 ta, «V» blokida 2 ta, «S» blokida 2 ta, «E» blokida 2 ta, «F» blokida 4 ta, «H» blokida 2 ta savollarni jami 18 ta savollarni tuzishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 30 iyundagi №01-3/260-son ma’lumotnomasi). Natijalar kichik shaharlarning ijtimoiy infratuzilmasini boshqarishda inson kapitalini rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarish, kayfiyatini aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, monitoringini olib borish imkonini bergan;
kichik shaharlarning madaniy salohiyatini rivojlantirishga doir   investisiyalar kiritish, shaharlararo o‘zaro hamkorlik orqali sotsial strukturasini kuchaytirish, sotsiomadaniy muhit samaradorligini oshirishga qaratilgan pragmatik loyihalarni ishlab chiqish zarurati asoslanganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi Siyosiy kengashi tomonidan partiyaning saylovoldi dasturidagi 2-yo‘nalishda 26-xatboshisidagi shaharlarda tibbiyot muassasalari faoliyatini isloh qilishga doir «Aqlli tibbiyot» amaliyotini joriy qilish va 4-yo‘nalishi 25, 27, 33, 37-xatboshisidagi kichik shaharlar ijtimoiy infratuzilmasini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga doir bandlar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2021 yil 23 dekabrdagi №01-04/465-son dalolatnomasi). Natijada, ijtimoiy-madaniy ob’ektlarni bunyod etish, intellektual xizmatlarni jonlantirish, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda, tegishli takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
katta va kichik shaharlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda qo‘shma ta’limni joriy etish orqali inson kapitalini rivojlantirish, shahar madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, mehnat va maishiy mobilligini ta’minlash asoslanganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi dasturining oltinchi «Sog‘liqni saqlash, ta’lim, ilm-fan va madaniy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish» yo‘nalishida Sog‘liqni saqlash bo‘limining 6-xatboshisini, Ta’lim sohasidagi bo‘limining 6-xatboshisini, Ilm-fan sohasida bo‘limning 6-xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2021 yil 24 dekabrdagi №12/626 son ma’lumotnomasi). Natijalar kichik shaharlarning ijtimoiy infratuzilmalarini tasniflash va baholashga hamda holatini yaxshilashga doir mahalliy Kengashlar sessiyalariga ellikdan ortiq masalalar kiritilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish