Nuriddinova Dilfuza Zarip qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft va gaz sanoati ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan texnologik suvlarni og‘ir tuzlardan tozalashning yangi samarador texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T977.
Ilmiy rahbar: Yusupov Farhod Mahkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid asosida olingan yangi turdagi sulfokationitlar yordamida sanoat oqova suvlarini yumshatish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning asosiy fizik-kimyoviy va sorbsion xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kationit olish uchun PVX va konsentrlangan sul`fat kislota xomashyo sifatida tanlab olingan va sulfolash reaksiyasi uchun reagentlarning maqbul massa nisbatlari (1:4) aniqlangan;
sulfolash reaksiyasi harorati va vaqtining hosil bo‘ladigan sulfokationit xossalariga ta’siri o‘rganilgan hamda sulfolash 105ºC da 4 soat olib borilganda yuqori sorbsion xususiyatlarga ega bo‘lgan sulfokationit olinishi aniqlangan;
olingan sulfokationitning Ca2+ va Mg2+ ionlari bo‘yicha  dinamik almashinuv sig‘imi 40 ºC haroratda C=0,05 N li eritmada mos ravishda 20 va 16 mg-ekv/gr ga teng bo‘lishi aniqlangan;
PVXni sulfolash natijasida olingan yangi KP-1 sulfokationit yordamida sanoat aylanma suvlarini Ca2+ va Mg2+ ionlaridan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
PVXni konsentrlangan sul`fat kislota bilan sulfolash yordamida sulfokationit ishlab chiqarish va uning sorbsion xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat oqova suvlarini yumshatish uchun KP-1 markali sulfokationit uchun texnik shart «O‘zbekneftegaz» AJ Muborak GQIZ bilan kelishilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tamonidan tasdiqlangan (Ts 23766064-10:2021). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
PVX va konsentrlangan sul`fat kislota yordamida sanoat oqova suvlarini yumshatish uchun sulfokationit olish texnologiyasi «Muborak GQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 19 oktyabrdagi 03-17-5/157-son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik almashtirish quvurlarida quyqa hosil bo‘lishini oldini olish,  issiqlik alamashinish quvurlarining ishlash vaqtini uzaytirish va sanoat suvlarini qayta ishlatish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish