Negmatulloev Zafardjon Turdibekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv  omborlari  quvurlarining  xavfsiz ishlashini modellashtirishda informatsion texnologiyalarni qo‘llash”,05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1806
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xudaykulov Savet Ishankulovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jonqobilov Ulug‘murod Umbarovich – “Qarshi muxandislik - iqtisodiyot instituti” texnika fanlari doktori, professor, Rahimov  Qudratullo  Toshbotirovich- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv omborlari quvurlarida vujudga keladigan pul`satsiyali va kavitatsiyali tebranish jarayonlarini gidravlik xisoblash usullarini takomillashtirish,  algoritmlari va dasturiy vositalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperemental tadqiqotlar asosida suv omborlari to‘g‘onlaridagi bosimli quvurlarida pul`satsiyali va kavitatsiyali tebranish jarayonlarining gidravlik parametrlarini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
bosimli quvurlardagi oqim harakatini matematik modellashtirish va sonli usullar asosida kavitatsiyali jarayonlarini  ifodalovchi tenglamalarini echish usullari takomillashtirishgan;
suv omborlari to‘g‘onlarining bosimli suv chiqaruvchi quvurdagi konussimon  va yassi zatvorlar holatini boshqarish asosida pul`satsiya va kavitatsiya jarayonlarini salbiy ta’sirlarini kamaytirish usullari takomillashtirilgan;
suv omborlarida suv chiqaruvchi bosimli quvurlaridagi gidravlik jarayonlarni modellashtirish asosida bosim gradientini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlari quvurlarining havfsiz, tebranishsiz, ishlashini modellashtirishda axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quvurdagi konussimon zatvor orqali gidravlik tizimlarning maxsus turi, suyuqlikning tebranishsiz oqim shartlari, asosiy suv chiqarish moslamasining gidravlik modeli, analitik va sonli hisoblash algoritmlari, hamda dasturiy vosita Jizzax suv ombori suv chiqarish quvurlaridagi kavitatsiyaning boshlanish vaqtini hisoblash va boshoratlashda joriy qilingan, (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi YB 47560438-son  ma’lumotnomasi). Natijada suv tashlamalaridan foydalanish amaliyotida tebranish boshlanishining β>0,85 bosqichida,  oqim tezligi 1,54 m/s gacha va beton qoplamalarining siqiluvchanlik mustahkamligi R≥7 MPa bo‘lganda, tebranish kuzatilish vaqtini bashoratlash hamda hisoblash aniqligini oshirishda iqtisodiy samaradorlikni 22% ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
quvurdagi konussimon zatvor orqali gidravlik tizimlarning maxsus turi, suyuqlikning tebranishsiz oqim shartlari, asosiy suv chiqarish moslamasining gidravlik modeli, analitik va sonli hisoblash algoritmlari, hamda dasturiy vosita Jizzax suv ombori suv chiqarish quvurlaridagi kavitatsiyaning boshlanish vaqtini hisoblash va boshoratlashda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi YB 47560438-son  ma’lumotnomasi). Natijada suv tashlamalaridan foydalanish amaliyotida tebranish boshlanishining β>0,85 bosqichida,  oqim tezligi 1,54 m/s gacha va beton qoplamalarining siqiluvchanlik mustahkamligi R≥7 MPa bo‘lganda, tebranish kuzatilish vaqtini bashoratlash hamda hisoblash aniqligini oshirishda iqtisodiy samaradorlikni 22% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish