Rajabov Adhamjon Hamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompozit materialli sug‘orish novlarini konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2210
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: 
Xo‘jakulov Rustam – texnika fanlari doktori, professor. 
Rustamov Sherzod Rustamovich –  texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Poliefir smolasi asosida kompozit materiallar tarkibini, kompozit materialli sug‘orish novlari konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental va nazariy tadqiqotlar asosida turli dinamik yuklamalar ta’siridagi kompozit materiallardan tayyorlangan sug‘orish novlarining nisbiy diformatsiyalanish parametrlarini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
Sheffe formulasi asosida poliefir smolasidan tayyorlanadigan kompozit materialning maqbul tarkibini aniqlash uslubi takomillashtirilgan;
Vol`ter-Freshe integral qatoridan foydalangan holda turli nostatsionar dinamik omillar ta’sirida poliefir smolasidan tayyorlangan kompozit materiallarning xossalari dinamikasini xarakterlovchi mezonlari ishlab chiqilgan;
metall qolip (osnastka) va kompozit materiallar tarkibini takomillashtirish asosida LK-60, LK-80, LK-100 turidagi kompozit novlarni tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poliefir smolali kompozit materiallar tarkibini, kompozit materialli sug‘orish novlari konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida:
kompozit materialning maqbul tarkibini takomillashtirish asosida LK-60, LK-80, LK-100 turidagi kompozit novlarni tayyorlash texnologiyasi Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi WB25546857 raqamli ma’lumotnomasi); Natijada irrigatsiya kanallari va xo‘jalik ichki ariqlarda suv resurslarini yo‘qolishlari 15-17% foizga gacha kamaytirish imkonini bergan;
poliefir smolasi asosida tayyorlangan kompozit materiallarning dinamik omillar ta’siridagi fizik-mexanik xossalarini o‘zgarish  mezonlari hamda LK-60, LK-80, LK-100 turidagi kompozit novlarni tayyorlashning sanoat namunasi Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi WB25546857 raqamli ma’lumotnomasi); Natijada irrigatsiya kanallari va xo‘jalik ichki ariqlarda suv resurslarini yo‘qolishlari 15-17% foizga gacha kamaytirish imkonini bergan;
poliefir smolasi asosidagi kompozitlardan tayyorlangan LK-60, LK-80 va LK-100 turidagi sug‘orish novlarining texnik sharti Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qurilish invest korxonalari faoliyatiga faoliyatiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 martdagi WB25546857 raqamli ma’lumotnomasi); Natijada irrigatsiya kanallari va xo‘jalik ichki ariqlarda suv resurslarini yo‘qolishlari 15-17% foizga gacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish