Arzimbetov Alisher Jolimbetovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Orolbo‘yi sug‘oriladigan tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va unumdorligini yaxshilash» (Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlari misolida)”, 06.01.03 - Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx693.
Ilmiy rahbar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Mazirov Mixail Arnol`dovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xoliqulov Shodiqul Turdiqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Orolbo‘yi hududi sug‘oriladigan tuproqlarini ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini tiklash va oshirishda noan’anaviy o‘g‘itlardan foydalanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi sug‘oriladigan tuproqlarida o‘ziga xos (sahrolanish, sho‘rhoqlanish, degumifikatsiya) degradatsiya jarayonlari kechayotganligi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlarni N250P175K125 kg/ga me’yorini 25 foizga kamaytirib (N185P130K90) noan’anaviy o‘g‘itlardan glaukonit va glaukofosni 600 kg/ga me’yorda qo‘llash, tuproq hajm og‘irligini 0,3-0,4 g/sm3 ga kamaytirishi va mineral o‘g‘it qo‘llanilganga nisbatan namlik tartibotini 30-35 foizga yaxshilashi asoslangan;
glaukonit glaukofosga nisbatan tuproqda 6-7 foiz ko‘proq il zarrachalariga birikishi hisobiga, tuz to‘planish va ikkilamchi sho‘rlanishni oldini olib, tuz to‘planishini 0,080-0,110 foizga, ikkilamchi sho‘rlanishni 0,016-0,019 foizga kamaytirishi isbotlangan;
mineral o‘g‘itlarga nisbatan mineral + noan’anaviy (glaukonit glaukofos) o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llanilishi gumus miqdorini 0,04-0,08 foizga, fosforni 7-8 foizga, kaliyni 10-12 foizga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarga mineral va noan’anaviy o‘g‘itlarni N185P130K90 + glaukofos 600 kg/ga miqdorlarda qo‘llanilishi paxtadan qo‘shimcha 2,3 s/ga hosil olish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi sug‘oriladigan tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va unumdorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Effektivnost` primeneniya mestnix mineral`nix agrorud v usloviyax zasolennix zemel` Karakalpakstana» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 02/05-2819-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududning sho‘rlangan, sug‘oriladigan tuproqlar ekologik-meliorativ holati va unumdorligini yaxshilash, g‘o‘za o‘sib-rivojlanishi va hosildorligini oshirishda noan’anaviy o‘g‘itlardan foydalanishni takomillashtirishda ilmiy asosdagi qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Xo‘jayli tumani hududidagi Oybek, Qoraqalpog‘iston, Axunboboev, Amudaryo, P.Xalmuratov nomli massivlaridagi 3458,7 gektar va Taxiatosh tumani Azatliq, Nayman, Xamza nomidagi massivlardagi 1527,65 gektar sug‘oriladigan tuproqlari uchun ArcGIS dasturi asosida tuproq mexanik tarkibi, sho‘rlanish, gumus va oziqa moddalari bilan ta’minlanishi bo‘yicha tuproq xaritanomalari tuzilgan va jami 4986,35 ga er maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 02/05-2819-son ma`lumotnomasi). Natijada, ushbu xaritanomalar tuproqlarga mineral o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash, sho‘r yuvish va agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri bajarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish