O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2018 yilning 28 iyun` kuni bo‘lib o‘tadi. Majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
1. Attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish
2. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tarkibiga o‘zgartirish kiritish haqida
3. Bir martalik ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish 4. Ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash haqida
5. Ekspert kengashlari tarkiblariga o‘zgartirishlar kiritish
6. Fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajalarini olish uchun o‘tkaziladigan dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va “OAK Byulleteni” jurnalida e’lon qilish haqida
7. OAKda yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash haqida
8. OAKning 2018 yilning birinchi yarim yilligi chora-tadbirlar rejasi ijrosi hamda 2018 yil ikkinchi yarim yillik ish rejasini tasdiqlash haqida
9. Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
10. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
11. Turli masalalar
Yuklab olish: Kun-tartibi-254-Jun.pdf