Muratova Dilnoza Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Diterpenoid alkaloidlarning kalamush jigari va yuragi mitoxondriyalariga ta’sir mexanizmlari», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V536.
Ilmiy rahbar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Qurbannazarova Ra`noxon Sharapovna, bilogiya fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Sherali Nasrulloevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ralamush jigari va yuragi mitoxondriyalari funksional holatiga diterpenoid alkaloidlarning ta’sirini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zongorin, napellin, 1-O-benzoilnapellin, talatizamin va 14-O-benzoiltalatizamin alkaloidlarning jigar va yurak mitoK+ATR-kanalini turli darajada faollashtirishi aniqlangan;
zongorin, napellin, 1-O-benzoilnapellin, talatizamin va 14-O-benzoiltalatizamin alkaloidlarning kalamush jigari va yuragi mitoxondriya o‘tkazuvchan porasining Sa2+-bog‘liq ochilishini ingibirlashi aniqlangan;
1-O-benzoilnapellin va 14-O-benzoiltalatizamin mitoxondriya membranalarida G‘e2+/askorbat tizimi bilan indusirlangan LPO ni tadqiq qilingan alkaloidlarga nisbatan faolroq ingibirlashi isbotlangan;
napellin va talatizamin alkaloidlari strukturasiga benzoil guruhining kiritilishi antioksidantlik faolligini oshirishi, hamda sust protonoforlik xossasini namoyon qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Diterpenoid alkaloidlarning kalamush jigari va yuragi mitoxondriyalariga ta’sir mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayrim alkaloidlarning kalamush jigari mitoxondriyalari ion-transport tizimiga ta’siri bo‘yicha natijalar A-11-10-sonli «Mitoxondrial kasalliklarga qarshi dori-darmonlarni yaratish va ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada in vitro sharoitida kalamush jigari mitoxondriyalarida lipidlarning perekisli oksidlanishiga ta’sirini, funksional holatining o‘zgarishlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi № 89-03-1935-sonli ma’lumotnomasi). Natijada? olingan ma’lumotlar mitoxondrial kasalliklarga qarshi yangi antioksidant dori vositalarini yaratish imkonini bergan;
napellin va uning hosilasi 1-O-benzoilnapellinning kalamush jigari va yuragi mitoK+ATR-kanaliga aktivator sifatida ta’sir etishi hamda mitoxondriya o‘tkazuvchan porasiga ingibirlovchi xossalaridan Virginia Tech Fralin biomedisina ilmiy tekshirish institutida (AQSh) o‘simlik moddalarning gepatoprotektor va kardioprotektor xossalarini aniqlashda foydalanilgan (Fralin Biomedical Research Institute at Virginia Tech Carilion 2021 yil 15 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur diterpenoid alkaloidlarning mitoxondrial buzilishlarni korreksiyalash va ularning hujayra metabolizmiga ta’sir mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;
napellin va 1-O-benzoilnapellinning kalamush jigari va yuragi mitoK+ATR-kanaliga faollashtiruvchi ta’siridan «International Science and Technology Center Projects and the Central Asian Center of Drug Discovery and Development, Chinese Academy of Sciences» loyihasi doirasida alkaloidlarning farmakologik xossalarini kompleks tavsiflashda foydalanilgan (Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry, Chinese Academy of Sciences 2021 yil 23 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijalaridan o‘simlik moddalarining gepatoprotektiv va kardioprotektiv xossalarini aniqlashda foydalanilgan.