Naralieva Shaxlo Djamalovnaning falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish (Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari). 
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Nurillaeva Shahlo O‘ktamovna. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarini samarali tashkil etish vositalari “tafakkur-til-nutq” trixotomiyasining o‘zaro dialektik qonuniyatlariga hamda shu asosda integratsiyalash texnologiyasiga asoslanishi dalillangan;
Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayoniga o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qib tushunish, so‘zlash, yozish kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar kiritish orqali  takomillashtirilgan; 
o‘zga tilli ijtimoiy muhitda yashayotgan o‘quvchilarda kognitiv-pragmatik, evristik, integrativ yondashuvga asoslanib, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish orqali kommunikativ kompetensiyalarni takomillashtirish yo‘llari aniqlangan; 
Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish jarayonida ijodiy xarakterdagi o‘quv topshiriqlaridan foydalanish va shu asosda o‘quv-biluv faoliyatini o‘qituvchi-o‘quvchi-o‘quv materiali hamkorligida tashkil etishning ilmiy-metodik va didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarini takomillashtirish jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish borasida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarga erishish uchun til, tafakkur, nutqning o‘zaro dialektik qonuniyatlariga asoslangan integratsiyalash texnologiyasidan unumli foydalanish zarurligi xususidagi ilmiy tavsiyalardan, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatdan tayyorgarligini oshirishga oid xulosalardan umumta’lim maktablarining 5-11-sinflar uchun chop etilgan “O‘zbek tili” darsliklarini yaratishda, oliy o‘quv yurti filologiya yo‘nalishidagi “6V01706-O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisini tayyorlash” ixtisosligining 3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universitetining 2022 yil 02 fevraldagi 04-06/218-son ma’lumotnomasi). Natijada Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida ona tili darslarining samaradorligiga, bilim oluvchilarda milliy o‘zlik va mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularning pedagogik-psixologik jihatdan tayyorgarligini oshirishga erishilgan;
Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili ta’limi mazmunining hozirgi o‘qitish jarayonidagi xususiyatlari, o‘quvchi psixologiyasi, yosh xususiyatlari bilan o‘quv materiallari orasidagi muvofiqlik darajasi va ularning malaka talablaridagi kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi roli haqidagi xulosalardan, o‘quvchilarni ijodiy faollashtirishda o‘quv-biluv faoliyatini o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligi asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalardan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “O‘zbek tili” dastur va darsliklarini tuzishda, “O‘zbek tili (5-8-sinflar uchun)” nomli metodik qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etno-madaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyatining 2022 yil 12 fevraldagi 10-son dalolatnomasi). Natijada Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablari ona tili darslarida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasi modelining tashkiliy komponentlari mantiqiy, evristik, integrativ, tanqidiy, kognitiv-pragmatik zamonaviy yondashuvlar va ilmiylik, uzviylik, ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, modellashtirish kabi tamoyillar asosida takomillashtirilgan; o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish ta’minlangan;
Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasining hozirgi darajasini tahlil qilish, faollashtirish imkoniyatlarini izlash, faollashtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zMTRKning 2022 yil 02 fevraldagi 04-27-2057-son dalolatnomasi). Natijada tinglovchilarning Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarining sifat va samaradorligi borasidagi tasavvurlari hamda bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish