Xa Nargiza Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diplomatik nutq leksikasi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1093.
Ilmiy rahbar: Rasulov Ravshanxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili diplomatik nutqining shakliy va ma’noviy tuzilishini belgilash, tarkibiy komponentlari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, diplomatik nutq leksikasining leksik – semantik munosabatlarini sistem-struktur aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diplomatik nutqning prezident nutqi, diplomat nutqi, diplomatik doira vakillari nutqi, rasmiy safar chog‘idagi diplomatik nutq, xorijlik sayyohlar nutqi, diplomatik yozishmalar va diplomatik hujjatlar kabi diplomatik xarakterdagi umumiylikka ega bo‘lgan oltita tarkibiy asosiga aniqlik kiritilgan;
diplomatik nutqning mazmuniy qurilishi boshlang‘ich nuqtada ijobiylik, muammo, echim, takliflar, tashabbuslar, vazifalar, fikrlar xilma-xilligi va yakuniy nuqtada minnatdorlik, umidvorlik, tilaklar, shaxsiy taassurotlardan iborat ekanligi aniqlangan;
diplomatik lavozim, diplomatik hujjat, diplomatik faoliyat, diplomatik lokallik, diplomatik imtiyoz, diplomatik anjuman, diplomatik nutqning murojaat birliklari, diplomatik munosabat, diplomatik kelishuv, diplomatik aloqa vositasi, diplomatik a’zolik, chegara diplomatiyasi, parlament diplomatiyasi, xalq diplomatiyasi, turizm diplomatiyasi, yashil diplomatiya, sport diplomatiyasi leksik-semantik guruhlarining paradigmatik munosabatlari ochib berilgan;
diplomatik nutqning faol leksemalari qatori diplomat faoliyat olib borayotgan davlat nomi, davlat rahbari ismi, diplomatik missiya davrida mamlakatda yuz bergan muhim ijtimoiy voqeaning nomi – onomastikaga oid leksemalar, abbreviatsiyalar, emotsional - ekspressiv so‘zlar, presuppozisiya hodisasi orqali anglanadigan so‘zlar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili diplomatik nutqi tasnifi, diplomatik nutq leksikasining struktur tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
diplomatik leksika taraqqiyotini belgilovchi leksik birliklarning sistem – struktur tadqiqi, ularning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari, onomastikaga oid leksemalar diplomat nutqining eng faol leksikasi ekanligi, diplomatik doira vakillari nutqida aniqlangan abbreviatsiyalar (qisqartma so‘zlar)ning tarjima shakllarini turli tillardagi abbreviatsion variant sifatida qabul qilish kabi omillarga doir ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F1-78 raqamli «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)» mavzusidagi (2017-2020) fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 04/1-1594-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada hozirgi vaqtdagi o‘zbek tili diplomatik nutq leksikasi haqida bayon etilgan ilmiy talqinlar mazmunan boyitilgan;
diplomatik nutq turlarining shakliy va ma’noviy tuzilishlari, ularning davriy xronologiyasi va foydalanish ko‘lami, diplomatik nutqning tarkibiy asoslarini tashkil etuvchi komponent nutq turlariga oid ilmiy ma’lumotlardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli «RUECVET: «Rossiya va O‘zbekiston milliy ta’lim tizimida, mutaxassislik va kasbiy ta’limni o‘qitish bo‘yicha Evropa mutaxassislik va kasbiy ta’limni o‘qitishning reyting mezoni (kredit) sistemasi (ECVET)ni joriy qilishni sinovdan o‘tkazish (2016-2019)» mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 16 sentyabrdagi 04/1-1594-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi zamon leksikologiyasi, leksikografiyasi, sintaksis, uslubshunoslik va nutq madaniyati fanlari bo‘yicha yaratilgan darslik va qo‘llanmalar tayyorlashda amaliy manba sifatida samarali foydalanishga erishilgan.