Yakubova Nodiraxon Davlatboy qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jumboqli matnlarning semantik va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2 PhD/Fil 564.
Ilmiy rahbar: Xakimov Muxammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Muhabbat Matyoqubovna, filologiya fanlari doktori, professor; G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi enigmatik matnlarning lingvopragmatik xususiyatlarini, matnlar tarkibidagi implisit struktura va deyktik belgilarni ochib berish hamda enigmatik matnlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jumboqli matnlar tarkibidagi enigma ifodalash usullariga ko‘ra implisit strukturalardan tashqari eksplisit strukturalar orqali shakllantirilishi aniqlangan;
enigmatik matnlarning semantik, pragmatik va evristik tomonlari ochib berilib, o‘zbek tilidagi enigmatik matnlarning boshqa matn turlaridan farqli bo‘lgan kognitiv va kul`turologik kabi mazmuniy hamda sodda va qo‘shma gaplar kabi shakliy-struktural  xususiyatlari ochib berilgan;
enigmatik matnlarga oid shaxs, zamon va makon kabi deyktik birliklar aniqlanib, o‘zbek tilidagi topishmoq matnlari lingvopragmatikasi deyktik hodisalar orqali dalillangan;
topishmoqlar tarkibidagi belgilar soni bo‘yicha ajratilishi jumboqlarning o‘yin motivini oshirishi sababli ularning murakkablik darajasini belgilashga asos bo‘la olishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi materiallaridan ishlab chiqilgan amaliy va nazariy xulosalar asosida:
jumboqli matnlardagi adresant va adresat o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlar, bu kabi munosabatlarda savol-javob strukturasining mavjudligi, enigmatni topish mental jarayonlar mahsuli ekanligi va bu holat tafakkur bilan bog‘liq til imkoniyatlari borasidagi xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2016-2019 yillarda bajarilgan 574097-EPP-1-2016-1CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “REUCVET:Rossiya va O‘zbekiston ta’lim va o‘qitish milliy tizimlarida Evropa kredit amaliyot tizimiga (ECVET) o‘tishni sinovdan o‘tkazish” mavzusidagi xalqaro fundamental loyiha amaliyotida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 89-02-1450-son ma’lumotnomasi). Natijada enigmatik matndagi implisit struktura, shaxslararo kommunikativ muloqot, borliqdagi voqea-hodisalarga bo‘lgan munosabat masalalari ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
tilning enigmatik strukturasini o‘rganishda deyktik sistemaning o‘rni, deyksis va anafora hodisalarining umumiy va xususiy jihatlari, deyktik belgilar va ularni tilning turli sathlarida turli birliklar bilan ifodalash masalalari kabi pragmalingvistikaning zamonaviy yo‘nalishlari haqida berilgan xulosa va tavsiyalardan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada darslik nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyigan;
sir-sinoat yashiringan jumboqli matnlarning o‘zbek tili va  adabiyoti,  badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotidagi  o‘rni asoslab berilishi, ushbu tipdagi matnlar, xususan, topishmoqlarning o‘zbek nazariy tilshunosligida yoritilish masalalari, ulardagi savol va javob strukturalarining  tadqiqiga doir ilmiy xulosalaridan 2021-2022 yillarda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Ming bir mavzu”  ko‘rsatuvi hamda “Xayrli oqshom”, “Oila maktabi”, “Kun mavzusi” nomli Farg‘ona radioeshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniiyasining 2022 yil 15 fevraldagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada televidenie va radioda ko‘rsatuvlar va eshittirishlar tayyorlashda jumboqli matnlar, xususan, topishmoq matnlarining bir qancha turlarini keng jamoatchilikka taqdim etish imkoniyati yanada kengaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish