Ulug‘murodov Elyor Saydulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishda islomiy qadriyatlarning o‘rni”, 09.00.02– Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal403.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Allayorova Marxabo Mavlonovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islomiy qadriyatlarning axloqiy-estetik jihatlarini yoshlar estetik tafakkurini shakllantirishdagi o‘rnini aniqlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘zallik tushunchasining diniy va ijtimoiy muhitda inson ma’naviy borlig‘ini faollashtiruvchi vosita ekanligi, uning islomiy qadriyatlar negizidagi botiniy va zohiriy go‘zallik, nafs tarbiyasi, axloqiy poklik singari g‘oyalar bilan uyg‘unlashib, yoshlar ruhiy olamini shakllanishida ma’naviy modelga aylanishi falsafiy jihatdan aniqlangan;
“ommaviy madaniyat”, “axloqiy degradatsiya” ko‘rinishidagi tahdidlarga qarshi kurashda shaxs mafkuraviy immunitetini shakllantiruvchi islomiy qadriyatlar va estetik idealning sog‘lom e’tiqod, maqsadga yo‘naltirilganlik, ruhan tayyorlik, ongli intizom, o‘z-o‘zini tarbiyalash kabi bunyodkorlik xususiyatlari birlamchi omil ekanligi isbotlangan;
axborot tahdidlari kuchayib borayotgan bugungi globallashuv davrida yoshlar estetik tafakkurning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan estetik baho, estetik did va estetik ideal barkamol insonni shakllantirish omillaridan biri ekanligi mantiqiy jihatdan dalillangan;
islom ta’limotidagi jamol, komil, soflik, poklik, ulug‘lik, go‘zallik kabi g‘oyalar shaxs ma’naviy qiyofasi, axloqiy va estetik madaniyatini shakllantiruvchi axloqiy-estetik kategoriyalar ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda estetik tafakkurni shakllantirishda islomiy qadriyatlarni ta’siri jarayonlariga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
islom ta’limotida go‘zallik tushunchasining diniy va ijtimoiy muhitda konseptual ahamiyat kasb etishi, uning inson ruhiy olamini shakllanishida ma’naviy modeliga (botiniy va zohiriy go‘zallik, nafs tarbiyasi va axloqiy poklik) aylanishi haqidagi yangiliklar, taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g‘oya konsepsiyasi bilan bog‘liqligi” deb nomlanuvchi bobi hamda “Ommaviy madaniyat”ning milliy g‘oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari” deb nomlanuvchi boblarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5575-son ma’lumotnomasi). Natijada “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
“Ommaviy madaniyat”, “axloqiy degradatsiya” ko‘rinishidagi tahdidlarga qarshi kurashda islomiy qadriyatlar va estetik idealning shaxs immunitetni shakllantirishdagi samarali ta’sirini konstruktiv (bunyodkorlik, tolerantlik) roli bo‘yicha ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati “Murabbiy” o‘qituvchilar assosiyasiyasi tomonidan 2016-2017 yillarda bajarilgan “O‘zbekistonni ko‘p madaniyatli san’atiga o‘quvchi yoshlarni jalb qilish” mavzusidagi 44-07/91-16 raqamli davlat grantida foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2020 yil 28 dekabrdagi 04-05/158-20-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-marifiy targ‘ibot jarayonlarida komillik mezonlarini takomillashtirishda halollik va bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, tadbirkorlikka yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
diniy va milliy qadriyatlar orqali yoshlar estetik tafakkurida shakllangan integratsiya, o‘zaro ta’sir natijasida vujudga kelgan ichki yaxlitlik va uning evolyusion tarzda namoyon bo‘lishi falsafiy kategoriyalar (umummiylik, xususiylik, yakkalik) orqali ilmiy asoslanishiga oid taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlarida 2020 yil dekabr oyida tashkil etilgan “Yoshlar festivali” deb nomlangan tadbirlar ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining 2020 yil 23 dekabrdagi 01/4-13-23-980-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida mamlakatimiz yoshlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, milliy va islomiy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirishga xizmat qilgan;
islom ta’limotida axloqiy-estetik g‘oyalarni yoshlar tarbiyasini rivojlantirishda estetikaning atributiv kategoriya (go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik) larining dialektik aloqodorligi kabi ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalari, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2020 yil 31 oktiyabr` kuni efirga uzatilgan “Ma’naviyat saboqlari” ko‘rsatuvining navbatdagi sonini ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 3 noyabrdagi 09-01/321-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda yoshlarda bag‘rikenglik, undagi sog‘lom ma’naviy olam yuksak axloqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishdagi taklif va tavsiyalari viloyat teleradiokompaniyasining ma’naviy ko‘rsatuvlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.