Haydarova Surayyo Abdusalomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘quvchilarining geografiya fanidan amaliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi (8-9-sinf o‘quvchilari misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2002.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tojieva Zulxumor Nazarovna, geografiya fanlari doktori, professor; Avezov Sherimmat, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning amaliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilar amaliy kompetentligini shakllantirish modeli o‘qitishning reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlariga yo‘naltirilgan o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati mazmuniga progressiv ko‘rsatkichli metodlarni sinergetik optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilar amaliy kompetensiyasini shakllantirish hamda xalqaro baholash (TIMSS) talablariga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan ijodiy didaktik materiallar axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-metodik ta’minotlarni kiritish hisobiga mazmunan boyitilgan;
umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning amaliy kompetensiyani shakllantirish metodikasining tashkiliy komponenti variativlik va individuallikni ta’minlashga xizmat qiladigan evrologik layoqatlar, mustaqil bilish faolligi bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi produktiv (amaliy)ligini davriy monitoring natijalarida barqarorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarga geografiya fanini o‘rgatishning didak¬tik asoslari kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini hamda o‘quvchilarda amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ o‘quv muhitini ta’lim jarayonida tizimli qo‘llash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geografiya fanini o‘qitishda maktab o‘quvchilarning amaliy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
o‘quvchilarga geografiya fanini o‘rgatishning didak¬tik asoslari kompetensiyaviy yondashuv tamoyillarini ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari o‘quvchilarda amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ o‘quv muhitida tizimli qo‘llashga oid takliflaridan ta’lim standartlari mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 01/11-01/9-1590-son ma’lumotnomasi). Natijada 8-sinf o‘quvchilariga geografiyani o‘rgatishda amaliy kompetentlik me’zonlari joriy etilgan;
o‘quvchilar amaliy kompetentligini shakllantirish modelini reproduktiv, evristik va muammoli ta’lim komponentlariga asoslangan o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati mazmuniga progressiv ko‘rsatkichli metodlarni singdirishga doir metodik tavsiyalari 7-9-sinflar uchun mo‘ljallangan “Nazorat ishlar to‘plami” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 12 noyabrdagi 01/11-01/9-1590-son ma’lumotnomasi). Natijada geografiya darslariga oid o‘quv topshiriqlari tizimlashtirilgan, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan mustaqil ta’lim samaradorligi oshgan;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilar amaliy kompetensiyasini shakllantirish hamda xalqaro baholash (TIMSS) talablariga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda qo‘llaniladigan ijodiy didaktik materiallar axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan metodik tavsiyalaridan Toshkent davlat pedagogika universitetining A-1-230 “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 08 yanvardagi 02-07-39/04-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion texnologiyalar asosida o‘quvchilarning amaliy kompetensiyalari hamda ekologik dunyoqarashi bazasi takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning amaliy kompetensiyani shakllantirish metodikasining tashkiliy komponenti variativlik va individuallikni ta’minlashga xizmat qiladigan evrologik layoqatlar, mustaqil bilish faolligi bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi produktiv (amaliy)ligini barqaror ta’minlashga oid takliflari asosida Toshkent davlat pedagogika universitetining A-1-230 “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” nomli amaliy tadqiqot loyihasining treninglar dasturi ishlab chiqilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 08 yanvardagi 02-07-39/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy bilim olishini interfaol o‘quv muhitida ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar faoliyati samaradorligi oshgan.