Xaydarov Mirislom Mirdjabbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ozodlikni cheklash jazosining jinoyat va jinoyat-ijroiya huquqiy jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu162.
Ilmiy rahbar: Rustamboev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ozodlikni cheklash jazosini tayinlash va ijro etish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlariga amalda pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud tomonidan unga yuklangan qo‘shimcha majburiyat (taqiq)lardan ozod etilishi mumkinligi asoslangan;
mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkinligi asoslangan;
probatsiya bo‘linmalarining mahkumning ish va o‘qish joyi ma’muriyatidan mahkumlar haqida tavsifnomalar olish va zarur hollarda, mahkumning ish hamda o‘qish joyi ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazish majburiyatini qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlarining maxsus dasturiy tizimiga ulangan elektron kuzatuv vositalari faqat sudning ajrimi bilan qo‘llanilishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ozodlikni cheklash jazosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlariga amalda pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, sud tomonidan unga yuklangan qo‘shimcha majburiyat (taqiq)lardan ozod etilishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015 yil 13 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 18-son qarorining 6-band 21-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021 yil 19 maydagi PL-50-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi sudlar tomonidan ozodlikni cheklash jazosini tayinlash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan yoki sud tomonidan zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 29 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 13-son qarorining 5-band 14-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021 yil 19 maydagi PL-50-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi sudlar tomonidan ozodlikni cheklash jazosini tayinlash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
probatsiya bo‘linmalarining mahkumning ish va o‘qish joyi ma’muriyatidan mahkumlar haqida tavsifnomalar olish va zarur hollarda, mahkumning ish hamda o‘qish joyi ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazish majburiyatini qonunchilikda mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 27 iyuldagi 157-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma»ning 80-band 3-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 30 martdagi 33/01-01/943-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo ijrosining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlarining maxsus dasturiy tizimiga ulangan elektron kuzatuv vositalari faqat sudning ajrimi bilan qo‘llanilishi mumkinligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 27 iyuldagi 157-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma»ning 95-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 30 martdagi 33/01-01/943-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo ijrosining huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.