Salimov Baxriddin Lutfullaevichning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy munosabatlarning kommunikatsiya va transport tizimi bilan deterministik bog‘liqligining gnoseologik tahlili”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fal38
Ilmiy maslahatchi: Davronov  Ziyot Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy munosabatlar shakllanishining tarixiy bosqichlarini bugungi kun nuqtai nazaridan falsafiy asoslash, kommunikatsiya va transport tizimini ijtimoiy munosabatlarning ajralmas qismi sifatida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
transport texnikasi bilan ijtimoiy munosabatlarning deterministik aloqadorligining progress, regress va sinergetik mohiyati hamda kommunikatsiyani anglashga qaratilgan ontologik, gnoseologik, epistemologik jihatlarining globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq xalqlar va davlatlar o‘rtasida integratsiyaning kuchayishiga oid zamonaviy texnokratik mohiyati asoslangan; 
insoniyatning taraqqiyotga erishishi uchun transport sohalarining zamonaviy prototiplari bilan to‘g‘ri munosabatlarga kirishishida kommunikatsiya tizimlarining o‘zgaruvchan makon va vaqt doirasiga moslashuvining texnooptimizm – texnika taraqqiyoti inson hayotini farovonlashtirishi va texnopessimizm – texnika taraqqiyoti insoniyat kelajagiga salbiy ta’sir etishining futurologik, fundamental, integratsion tamoyillari ochib berilgan;  
transport taraqqiyotining dialog, kommunikatsiya, innovatsiya bilan bog‘liq tarixiy, metodologik, deterministik omillari sanoat, fan, va texnika mutanosibligi vositasida insonlarga munosib turmush tarzini yaratishga yo‘naltirilgan moddiy-ma’naviy ehtiyoj va ijtimoiy muloqot usuli ekanligi ochib berilgan; 
ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvida texnikaning gumanizatsiyalashuvi uchun transport sohasidagi hissiy, nazariy, empirik va mantiqiy bilimlarning egallanishi hamda ijtimoiy borliqni anglashning, faol muloqotga kirishishning zamonaviy darajada bo‘lishi ochib berilgan;  
O‘zbekiston kommunikatsiya va transport tizimi rivojlanishidagi davomli va kreativ o‘zgarishlarda taraqqiyot qonuniyatlarining amal qilishi, imkoniyatlarni voqeylikka aylantirishning aksiologik, germenevtik, semiotik jihatlarni hisobga olish va ularda aholining turli qatlamlari manfaatlarining ustuvorligini ta’minlashning zarurati asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy munosabatlarning kommunikatsiya va transport tizimi bilan deterministik bog‘liqligining gnoseologik tahlili mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
transport texnikasi bilan ijtimoiy munosabatlarning deterministik aloqadorligining progress, regress va sinergetik mohiyati hamda kommunikatsiyani anglashga qaratilgan ontologik, gnoseologik, epistemologik jihatlarining globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq xalqlar va davlatlar o‘rtasida integratsiyaning kuchayishiga oid zamonaviy texnokratik mohiyatiga doir xulosalardan Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining yanada rivojlantirish borasida nazariy bilimlarni oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2022 yil 4 fevraldagi 02-318-son ma’lumotnomasi). Natijalar Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilgan; 
insoniyatning taraqqiyotga erishishi uchun transport sohalarining zamonaviy prototiplari bilan to‘g‘ri munosabatlarga kirishishida kommunikatsiya tizimlarining o‘zgaruvchan makon va vaqt doirasiga moslashuvining texnooptimizm – texnika taraqqiyoti inson hayotini farovonlashtirishi va texnopessimizm – texnika taraqqiyoti insoniyat kelajagiga salbiy ta’sir etishining futurologik, fundamental, integratsion tamoyillariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi  Ma’naviyat  va  ma’rifat markazi tomonidan olib borilgan 2018-2020 yillarga  mo‘ljallangan fundamental tadqiqotlar loyihasi doirasidagi PZ-20170930369 shifrli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka  tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi davlat grantini amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining  2021  yil 30 iyundagi 02/08-810-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotda joriy etilishi grant loyihasini yangi ilmiy natijalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
transport taraqqiyotining dialog, kommunikatsiya, innovatsiya bilan bog‘liq tarixiy, metodologik, deterministik omillari sanoat, fan, va texnika mutanosibligi vositasida insonlarga munosib turmush tarzini yaratishga yo‘naltirilgan moddiy-ma’naviy ehtiyoj va ijtimoiy muloqot usuli ekanligiga doir xulosalardan «O‘zbekiston temir yullari» AJ tasarrufidagi professional ta’lim muassasalari pedagog xodimlari faoliyatida hamda temir  yul transporti  tizimidagi  boshqa  korxona  va tashkilotlarida kadrlarning  ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dunyoqarashini shakllantirishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 8 fevraldagi 7/374-22-son ma’lumotnomasi). Natijalar sohani yanada rivojlantirishga va temiryo‘lchi kadrlarning yuksak salohiyatli qilib tayyorlashga xizmat qilgan.
ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvida texnikaning gumanizatsiyalashuvi uchun transport sohasidagi hissiy, nazariy, empirik va mantiqiy bilimlarning egallanishi hamda ijtimoiy borliqni anglashning, faol muloqotga kirishishning zamonaviy darajada bo‘lishiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining xududiy bo‘linmalari tomonidan  turkum  hududiy va  masofaviy seminar-treninglar tashkil etishda hamda O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 8 iyuldagi 02-04/1714-son va O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasining 2021 yil 29 iyundagi 01-05/235-son  ma’lumotnomalari). Natijaning amaliyotga tatbiq etilishi ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning jadallashuvi va vazirlik tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlarning ro‘yobga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan holda aholini ma’naviy-madaniy salohiyatining ko‘tarilishiga, partiya elektorati, deputatlar, viloyat hamda tumanlardagi tuzilmalar xodimlarining ijtimoiy munosabatlarga doir bilimlarining  yuksalishiga xizmat qilgan; 
O‘zbekiston kommunikatsiya va transport tizimi rivojlanishidagi davomli va kreativ o‘zgarishlarda taraqqiyot qonuniyatlarining amal qilishi, imkoniyatlarni voqeylikka aylantirishning aksiologik, germenevtik, semiotik jihatlarni hisobga olish va ularda aholining turli qatlamlari manfaatlarining ustuvorligini ta’minlashning zarurat ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan tadbirlar, davra suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2021 yil 16 iyuldagi 04-13/1215-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy hayot, kommunikatsiyaga, texnikaga, transportga, tabiatga oid bilimlari oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish