Nazarova Gulbahor Pirmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek adabiyotida mifologik obrazlar tizimi, genezesi, badiiy vazifalari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil875.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘zieva Mohichehra Yoqubovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek og‘zaki hamda yozma adabiyotidagi mifologik obraz va mifologizmlar tizimining poetik tamoyillari, badiiy-uslubiy talqin xususiyatlari va shakllanish tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek adabiyotidagi mifologik obrazlar va mifologizmlar poetik jihatdan g‘aroyiblik, magik qudratga egalik, ilohiy kuchlar tomonidan boshqarilish, serqirralik, g‘ayrioddiy qobiliyatlarga egalik kabi ijobiy, sehr-joduli, shavqatsiz, yovuz niyatli, tashvish keltiruvchi, qo‘rqituvchi va dahshatga soluvchi, balo-musibat va ofat yog‘diruvchi kabi salbiy xususiyatlarining mushtaraklik kasb etishi aniqlangan;
ingliz og‘zaki va yozma adabiyotidagi mifologik obrazlar hamda mifologizmlarning turlari ularning xususiyati, yashash joyi va tarzi, kelib chiqishiga ko‘ra, o‘zbek adabiyotida esa ular paydo bo‘lish asosi hamda ko‘rinishi va xususiyatiga ko‘ra syujetlar, kompozisiyalar yaratishda namoyon bo‘lishi dalillangan;
og‘zaki va yozma adabiyotda mifologik obrazlar, mifologizmlarning poetik tamoyillari mif poetikasi badiiy ifoda vositalari, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlar, yondashuv tamoyillari, funksionalligi, qahramon ruhiyatini aks ettirish, asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek og‘zaki hamda yozma adabiyotidagi mifologizmlarning obrazlar mifologizatsiyasi natijasida vujudga kelishi jarayonida va asar janriy tabiatini belgilashda tarixiy-fol`kloriy, badiiy-estetik asoslarning birlamchi, mifologizmlarning o‘rni, vazifalari, konseptual motivlari esa ikkilamchi xarakterda ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek adabiyotida mifologik obrazlar tizimi, genezesi, badiiy vazifalarining qiyosiy tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek adabiyotida mifologik obrazlar genezisi hamda mifologizatsiyasi tadriji, mifologik obrazlar tizimining mushtarak va o‘ziga xos jihatlari, poetik xususiyatlari masalalariga doir xulosalardan F1-XT-0-19919A-1-118 “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2021 yil 28 iyundagi 88-87-1826/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mifologik obrazlar, mifologizmlarning ingliz hamda o‘zbek fol`klori va adabiyotida qo‘llanilishi, o‘rganilish tarixi, tarixiy-fol`kloriy ildizlari, badiiy tadriji, poetik xususiyatlari, mushtarak va farqli jihatlari aniqlangan, ularning ikkala xalq adabiyotida uchraydigan turlari tasniflanib, shular asosida tipologik xususiyatlari belgilab ko‘rsatilishiga erishilgan;
ingliz hamda o‘zbek adabiyotidagi mifologik obrazlar tizimi va ularga aloqador mifologizmlar, ularning nomlanishi va o‘ziga xosligi, ingliz hamda o‘zbek yozma adabiyotida mifologik obrazlarning mifologizatsiyasi masalalariga oid xulosalardan SUZ800-20-IN0098 “Ingliz tili drama klubi” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 24 iyundagi 05-01-0205-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz hamda o‘zbek adabiyotidagi mifologik obrazlar qatnashgan asarlar aniqlanib, ularning nomlanishi va o‘ziga xosligi, poetik xususiyatlari keng tahlil etilishiga erishilgan;
ingliz hamda o‘zbek adabiyotidagi mifologik obrazlarning tipologik xususiyatlari, ularning badiiy vazifalaridagi o‘xshashliklari bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Zamondosh” dasturida foydalanilgan va tadqiqotchi bilan bevosita telesuhbat olib borilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 12 iyuldagi 183-son ma’lumonomasi). Natijada ingliz va o‘zbek adabiyotidagi mifologik obrazlar hamda mifologizmlarning etimologiyasi, tarkibi, tasnifi, ularning milliy-madaniy jihatlari, afsona va ertaklarda, ayrim ijodkorlar asarlarida aks etishiga xos xususiyatlar haqidagi ilmiy tasavvur-tushunchalarning boyitilishiga erishilgan.