Madaminova Muhabbat Sotvoldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Matn pragmatik tavsifida sintaktik birliklarning o‘rni”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1201
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna filologiya fanlari doktori, professor; Shukurov Otabek Ulashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida sintaktik qurilmalarning turli ko‘rinishlari, ularning kommunikativ-sintaktik, lingvopoetik va lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
muayyan maqsadli sintagmalarning pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishda mazmunni adekvat tushunish uchun pragmemalar tizimini tiklash zaruriyati asoslangan;
o‘zbek tilidagi sintaktik qurilmalarning lingvopragmatik xususiyatlarini so‘zlashuv nutq uslubi erkinligi hamda implisit ifodalarga boyligi tufayli muloqot yoki kontekst doirasida aniqlash mumkinligi isbotlangan;
darak, so‘roq, buyruq va istak gaplarning lingvopragmatik tabiatida inversiya, parsellyasiya va ellipsis hodisalarining yuqori ekspressiv imkoniyatlari dalillangan;
o‘zbek tili zamonaviy internet diskursi sintaksisining og‘zaki-yozma sinkretiklik, adabiy me’yordan chekinish kabi medialingvistik tabiati ochib berilgan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Matn pragmatik tavsifida sintaktik qurilmalarning o‘rnini tadqiq qilish asosida:
o‘zbek tilshunosligida muayyan maqsadli sintagmalarning pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishda pragmemalar tizimini tiklash zaruriyati borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-GOO3 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 21 sentyabrdagi 17.01/233-son ma’lumotnomasi). Natijada matnda sintaktik qurilmalarning lingvopragmatik qimmatini faqat gap doirasidagina emas naql-maqol, matal va masallarda ham aniqlash zaruriyati xususidagi talqinlarni mukammallashtirishga erishilgan;
sintaktik qurilmalarning lingvopragmatik xususiyatlarini o‘zbek tili so‘zlashuv nutq uslubi erkinligi hamda implisit ifodalarga boyligi sababli muloqot yoki kontekst doirasida aniqlash lozimligi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-GOO7 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi amaliy ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 16 avgustdagi 17.01/176-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq naql-maqollarini lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganishga erishilgan;
o‘zbek tilida darak, so‘roq, buyruq va istak gaplarning lingvopragmatik tabiatida inversiya, parsellyasiya va ellipsis hodisalarining yuqori ekspressiv imkoniyatlariga oid nazariy qarashlari xamda o‘zbek tilida badiiy matn tarkibidagi sintaktik qurilmalarning kommunikativ-sintaktik jihatlarini ilmiy asoslashga doir natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon» radioeshittirishlarini tayyorlashda (2020-2021 yillar davomida) foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 19 yanvardagi 04-36-109-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar ilmiy dalillar bilan boyigan, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi hamda ilmiy ahamiyati ortgan.