Qodirova Nargizaxon Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillarida kompliment konseptining ifodalanishi ”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1813.
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishonxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Yoqubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Qahhorov Kobiljon, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompliment konsepti lisoniy ifoda birliklarining lingvopragmatik va lingvokul`turologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nemis tilidagi kompliment birliklar millatning tarixiy-madaniy xususiyatlari asosida nemis lingvomadaniyatida kompliment o‘zbek tilidagiga nisbatan ko‘p qo‘llanilishi dalillangan;
nemis va o‘zbek tillarida mulozamat, xushomad, iltifot, takalluf, xushmuomalalik, lutf, tahsin, maqtov, manzirat, qutlov, tabrik kabi kompliment turlarining ijtimoiy milliy pragmatik xususiyatlari aniqlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi komplimentlar struktur nuqtai nazardan monoleksem hamda polileksem birliklar orqali ifodalanishi ularning umumiy tomoni, o‘zbek tilida erkak-ayol munosabatida komplimentlarning oz ekanligi ularning unikal xususiyati ekani dalillangan;
kompliment so‘zlarning ikki tilga mulozamat, xushomad kabi xos universal, lutf, tahsin kabi unikal hamda struktur jihatdan allomorf va izomorf jihatlar aniqlanib, ikki tilda nutq vaziyatiga xos qo‘llanish usullari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillaridagi kompliment konseptining ifodalanishini o‘rganish asosida:
nemis tilidagi kompliment birliklar millatning tarixiy-madaniy xususiyatlari asosida nemis lingvomadaniyatida kompliment o‘zbek tilidagiga nisbatiga oid xulosalardan New Time University Foundation Course ning “The Communication Skills” moduli bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etishda foydalanilgan (New Time University Foundation Coursening 2021 yil 11 sentyabrdagi 805-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualar tinglovchilarning pragmatika va kommunikativ tilshunoslik modullari integratsiyalashuvining ahamiyati, kompliment verbalizatorlarining matn tuzishdagi xususiyatlari, matnning diskursiv tasnifi borasidagi bilimlarini yanada oshirishga bevosita xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillarida mulozamat, xushomad, iltifot, takalluf, xushmuomalalik, lutf, tahsin, maqtov, manzirat, qutlov, tabrik kabi kompliment turlarining ijtimoiy milliy pragmatik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan universitetda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2017-2018 yillarda bajarilgan № OT-A1-53 “Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun “Translation in Use” darsligini yaratish va nashr qilish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yaratilgan “Writing translation” 1-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 30 sentyabrdagi 03-731 son ma’lumotnomasi). Natijada kompliment semantikasini ifodalanishi, komplimentga oid leksemalarni tushunishda kognitiv va funksional-pragmatik omillar ochib berilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi komplimentlar struktur nuqtai nazardan monoleksem hamda polileksem birliklar orqali ifodalanishi, ikki tildagi shunday so‘zlarning o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali DM “Madaniy va ma’rifiy-badiiy eshittirishlar”, ”Ta’lim va taraqqiyot”, ”Bolalar va biz” radio eshittirishlarini tayyorlashda (O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 04-25-1478-son ma’lumotnomasi) teleko‘rsatuvlari uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan.