Karimov Zafarbek Atabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘lom turmush tarzining milliy reproduktiv taraqqiyotga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal443.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isoxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Ro‘zimurodov Siroj Madatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘lom turmush tarzining milliy reproduktiv taraqqiyotga ta’sirini ochib berish, zamonaviy valeologik qarashlarni rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv salomatlik va faollikni o‘zaro dialektik uyg‘unlashuvi sog‘lom turmush tarzining tana sog‘ligi bilan ruh sog‘ligini muvofiqlashtiruvchi birlamchi omil ekanligi falsafiy-antropologik tamoyil kontekstida asoslangan;
pandemiya sharoitida milliy reproduktiv taraqqiyotni ta’minlashda fizioreproduktiv, bioreproduktiv, sotsioreproduktiv, medikoreproduktiv va psixoreproduktiv sababga ko‘ra milliy genofond salomatligi darajasining shaxs tibbiy madaniyatining yuksalganlik darajasi bilan bog‘liqligi falsafiy jihatdan asoslangan;
xotin-qizlarni reproduktiv salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekzogen va endogen omillar intensivlashuvi sababli oilaviy psixofiziologik muammolar, ruhiy-ma’naviy qashshoqlashuvning makon va zamonda namoyon bo‘lish oqibatlari ortib borishi isbotlangan;
milliy reproduktiv salomatlikning filogenetik asosida rivojlanib borishi bevosita jismoniy, axloqiy va tibbiy madaniyatga bog‘liq voqelik ekanligi mantiqiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzining milliy reprodkutiv taraqqiyotimizga ta’sirini asoslab berishga qaratilgan ilmiy, amaliy tavsiya hamda takliflar asosida:
“sog‘lom turmush tarzi”, “reproduktiv salomatlik”, “reproduktiv hayot” va “reproduktiv faollik” kategoriyalarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati, milliy reproduktiv taraqqiyotdagi o‘rniga oid taklif-tavsiyalaridan “Globallashuv asoslari” nomli darslikning “Sportning globallashuvi” deb nomlangan mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 89-03-190-son ma’lumotnomasi). Natijada “Globallashuv asoslari” nomli darslikni ilmiy jihatdan takomillashtirishga hamda aholining jismoniy, aqliy va ijtimoiy sog‘lomligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
milliy reproduktiv taraqqiyotni ta’minlashda etnosotsial omillar, shaxsning tibbiy madantiyati va pandemiya sharoitidagi o‘zini-o‘zi asrashi muhim ahamiyatga ega ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan mamlakatimizda 2020 yilning 28 mart kunidan 28 aprel` kuniga qadar pandemiya davrida “Oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash” shiori ostidagi targ‘ibot oyligini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 02-02/134-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda Covid-19 pandemiyasi sharoitida aholining tibbiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, reproduktiv taraqqiyotni ta’minlashga va bu borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilgan;
milliy reproduktiv taraqqiyotning aholi salomatligiga, sog‘lom turmush tarziga, jismoniy va tibbiy madaniyatiga bevosita bog‘liq voqelik ekanligiga oid ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” dasturi, shuningdek, oilaviy sport jamoalari o‘rtasida “Otam, onam va men – sog‘lom oilamiz” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqalarning Nizomini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 02-07-08-237-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur ijrosini ta’minlash, aholining barcha qatlamlarida oilaviy sportga qiziqishni yanada kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta’minlash, oila va gender tenglik masalalariga, milliy reproduktiv taraqqiyotga oid ilmiy tahlillardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm telekanalida efirga uzatilgan “Assalom Xorazm”, “Pandemiya sharoitida ochiq muloqot” nomli maxsus teleko‘rsatuvlarning dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm telekanalining 2021 yil 13 yanvardagi 63-son ma’lumotnomasi). Natijada xotin-qizlarning salomatligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kengaytirishga va natijadorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.