Djuraeva Nigora Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ontologiko-gnoseologicheskie aspekti razvitiya paradigmi sivilizatsiy» («Sivilizatsiyalar paradigmasi rivojlanishining ontologik va gnoseologik jihatlari»), 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal289.
Ilmiy rahbar: Fayzixo‘djaeva Dilbar Irgashevna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtier Omonovich falsafa fanlar doktori, professor, G‘afforova Gulchexra G‘ulomjonovna, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot Akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sivilizatsiya paradigmalari rivojlanishining ontologik-gnoseologik jihatlari mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sivilizatsiya paradigmalari shakllanishi va takomillashuvining  sinergetik birligi geografik, ijtimoiy-biologik, tarixiy-biologik, texnologik qonuniyatlar zamirida ochib berilgan hamda onto-gnoseologik nochiziqlilik, noierarxiklik, mustaqillik tamoyillari sotsium barqarorligini ta’minlovchi tarixiy identiklik omili misolida paradigmal taraqqiyotda yaxlitlikni tizimlashtiruvchi vosita sifatida dalillangan;
sivilizatsiyalar paradigmalarini rivojlantiruvchi bazaviy qator, genezis qatori, tadrijiy-omilli qator, moddiy-qadriyatli qator va ideal qator kategoriyalari tizimining tarixiy taraqqiyotda inson ongi bilan bog‘liq dialektik aloqadorligi asoslangan; 
murakkab, xaotik globallashuv jarayonida taraqqiyotning ontologik va gnoseologik rivojlanish qonuniyatini muvozanatlashtiruvchi sinergetik omil sifatida sivilizatsion model` evolyusiyasining tarixiy-madaniy, diniy, iqtisodiy jihatlari va ijtimoiy-siyosiy borliq qonuniyatlarining paradigmal xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ochib berilgan;
onto-gnoseologik metodologik tizimli yondashuv, konseptual yondashuv, praksiologik yonlashuv, xususiy yondashuv, pragmatik yondashuv, empirik yondashuv, tarmoqli yondashuv sivilizatsiya modellariga sinergetik yo‘naltirgan holda sivilizatsion taraqqiyotni modellashtirish uslubi ishlab chiqilib O‘zbekistonning ehtimoliy innovatsion taraqqiyot yo‘li va uning noosferaviy-praksiologik vazifalariga tayangan holda amalga oshirish shart-sharoitlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sivilizatsiya paradigmalari rivojining ontologik-gnoseologik aspektlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
sivilizatsiya paradigmalari shakllanishi va takomillashuvining  sinergetik birligi geografik, ijtimoiy-biologik, tarixiy-biologik, texnologik qonuniyatlar zamirida ochib berilgan hamda onto-gnoseologik nochiziqlilik, noierarxiklik, mustaqillik tamoyillari sotsium barqarorligini ta’minlovchi tarixiy identiklik omili misolida paradigmal taraqqiyotda yaxlitlikni tizimlashtiruvchi vosita sifatida dalillanganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyati doirasida «Ijtimoiy qayta o‘zgartirish jarayonida oilaviy qadriyatlarning o‘zgarishi» mavzusida ilmiy-amaliy seminarni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 31 yanvardagi 02-02/222-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan tavsiyalar o‘zbek oilasining bugungi holatini yanada yaxshilash, shuningdek, davlatning oila siyosati konsepsiyasi, uning maqsadlari, tamoyillari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samarali bo‘lishi muammosi bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqishga hamda yoshlar hayoti, ularning o‘z orzu-intilishlarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo va kamchiliklarning echimini topishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
sivilizatsiyalar paradigmalarini rivojlantiruvchi bazaviy qator, genezis qatori, tadrijiy-omilli qator, moddiy-qadriyatli qator va ideal qator kategoriyalari tizimining tarixiy taraqqiyotda inson ongi bilan bog‘liq dialektik aloqadorligi asoslanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining «Yoshlar dasturi», «Ish rejasi» va viloyat boshqarmalarining boshqa yo‘l xaritalarida, shuningdek, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish sohasidagi targ‘ibot tadbirlari (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va uchrashuvlar), ma’naviy-ma’rifiy ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 19 iyuldagi 4-13-23-1900-son ma’lumotnomasi). Natijalar targ‘ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
murakkab, xaotik globallashuv jarayonida taraqqiyotning ontologik va gnoseologik rivojlanish qonuniyatini muvozanatlashtiruvchi sinergetik omil sifatida sivilizatsion model` evolyusiyasining tarixiy-madaniy, diniy, iqtisodiy jihatlari va ijtimoiy-siyosiy borliq qonuniyatlarining paradigmal xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashviqot-targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2022 yil 6 aprel`dagi 02/02-528-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlarining samaradorligi oshgan;
onto-gnoseologik metodologik tizimli yondashuv, konseptual yondashuv, praksiologik yonlashuv, xususiy yondashuv, pragmatik yondashuv, empirik yondashuv, tarmoqli yondashuv sivilizatsiya modellariga sinergetik yo‘naltirgan holda sivilizatsion taraqqiyotni modellashtirish uslubi ishlab chiqilib O‘zbekistonning ehtimoliy innovatsion taraqqiyot yo‘li va uning noosferaviy-praksiologik vazifalariga tayangan holda amalga oshirish shart-sharoitlari asoslanganlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» radiokanalida «Dolzarb mavzu» doirasida rus tilidagi eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 sentyabrdagi 03-09-535-son ma’lumotnomasi). Natijalar va aholi o‘rtasida insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish modellari va ijtimoiy taraqqiyot yo‘llari haqidagi bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish