Ataboev Axadjon Djumaqo‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida bog‘lovchilar semantikasi, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fi11363.      
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Toshpo‘latov Azamat Mehmonalievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida bog‘lovchilar semantikasi, o‘zaro tarjimasi, pragmatik xususiyatlarini ochib berish hamda leksikografik talqinini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida shakliy jihatdan bir xil ifodalanuvchi so‘zlar grammatik jihatdan predlog, bog‘lovchi hamda ravish bo‘lib kelishi, o‘zbek tilida esa vazifadosh bog‘lovchi yuklama, modal so‘z, ravish turkumi bo‘lib kelishi dalillangan; 
ingliz tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchiga nisbatan ko‘proq miqdorni tashkil etishi, o‘zbek tilida ingliz tilidagi “conjunction”dan farqli ravishda ergashtiruvchi bog‘lovchilar aniqlov, sabab, shart, chog‘ishtiruv, shart va to‘siqsizlik bog‘lovchilarga bo‘linishi dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillarida bog‘lovchilar pragmatik xususiyat kasb etishi, kontekst talabi va so‘zlovchi maqsadiga ko‘ra gap mazmuniga ehtimollik, ta’kidlash, vaziyatdan norozilik, taxmin, ehtimol kabi ma’nolarni yuzaga chiqarishi, bog‘lovchilarda transpozisiya, so‘zlovchi maqsadini ifodalash, nuqt vaziyatiga qarab prezuppozisiya hosil qilish imkoniyatlari ochib berilgan;
tarjima matnida transformatsiya bog‘lovchining qo‘llanishiga ham kuchli ta’sir qilishi, bog‘lovchi matnda tushirib qoldirilishi yoki grammatik jihatdan mos bo‘lmagan bog‘lovchi bilan tarjima qilinishi dalillanib, tarjimadagi transformatsiya asosan ingliz tilidagi sodda gaplarning o‘zbek tiliga qo‘shma gap, o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarning ingliz tiliga sodda gap tarzida ifodalanishidan kelib chiqishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida bog‘lovchilar semantikasi, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilida ergashtiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchiga nisbatan ko‘proq miqdorni tashkil etishi, o‘zbek tilida ingliz tilidagi “conjunction”dan farqlariga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 sentyabrdagi 17.01.227-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek, ingliz va qardosh tillarda bog‘lovchilarning o‘rganilishidagi muammolar aniqlanib, ularni tadqiq etishga oid nazariy va amaliy echim usullari ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida bog‘lovchilar pragmatik xususiyat kasb etishi, kontekst talabi va so‘zlovchi maqsadiga ko‘ra gap mazmuniga ehtimollik, ta’kidlash, vaziyatdan norozilik, taxmin, ehtimol kabi ma’nolarni yuzaga chiqarishi, bog‘lovchilarda transpozisiya, so‘zlovchi maqsadini ifodalash imkoniyatlariga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadkikot ob’ekti sifatida» mavzusidagi amaliy-ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 16 avgustdagi 17.01.183-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek, ingliz va qardosh tillarda bog‘lovchilarning o‘rganilishidagi muammolar aniqlangan, xususan, naql-maqollar tarkibidagi bog‘lovchilarning semantik tipologiyasi tahlil etilgan, o‘zbek tilidagi bog‘lovchilarning ingliz va qardosh tillardagi matnlarda naql-maqollarning berilishi, ingliz tilidagi bog‘lovchilarning o‘zbekcha tarjimada berilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida  bog‘lovchilar semantikasi, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning natijalari va materiallaridan O‘zbekistan Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muxarririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va tarakkiyot”, “Adabiy jarayon" nomli radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022 yil 6 yanvardagi 04-36-09-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar ingliz va o‘zbek tillarida bog‘lovchining nutqda qo‘llanilishiga va tarjimada berilishiga ko‘ra o‘ziga xos va umumiy jihatlari, ingliz va o‘zbek tillarida bog‘lovchilarning lug‘atlarda izohlanganligi, muqobillari berilganligi, badiiy va sinxron tarjima jarayonida muqobil variantlarini topishda qay darajada qo‘l kelishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish