Usanov Mehriddin Mustafaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bulutli texnologiyalar asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish (texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2928.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hakimov Jamshid Oktamovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bulutli texnologiyalar asosida texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bulutli xizmatlarning moslashuvchanlik, tezkorlik va virtuallashtirish kabi didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida bulutli saqlovchilarda joylashtiriladigan va tarqatiladigan elektron ta’lim resurslarini yaratish orqali talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
bulutli xizmatlarning (Google Drive, Google Meet, Google sites, Google forms) funksiyalaridan foydalanib bo‘lajak muhandislar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” kabi interfaol metodlarni qo‘llash orqali umumkasbiy fanlarni o‘qitishning metodik modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning hisob-grafik, texnologik-loyihalash va ijodiy konstruktorlikga oid kasbiy kompetensiyalarini faoliyatli va integrativ yondashuvlar asosida baholash vositalari sifat ko‘rsatkichlari va offlayn kontentni ishlab chiqish, kasbiy kompetentlikning rivojlanganlik darajasini ob’ektiv baholash mezonlari orqali takomillashtirilgan;
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni to‘liqlilik, tizimlilik, fundamentallik, amaliy yo‘nalganlik va moslashuvchanlik tamoyillari asosida shakllantirilgan hamda didaktik ta’minot takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda bulutli ta’lim vositalarilaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muxandislarni kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni to‘liqlilik, tizimlilik, fundamentallik, amaliy yo‘nalganlik va moslashuvchanlik tamoyillari asosida shakllantirilib, uning didaktik taminoti mazmunini o‘z ichiga olgan “Ta’limda bulutli texnologiyalar” nomli uslubiy qo‘llanma hamda “Umumkasbiy fanlarni bulutli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi” nomli maxsus kursi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 13 dekabrdagi 02-2069-2074-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini oshirish va talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
bulutli xizmatlarning (Google Drive, Google Meet, Google sites, Google forms) funksiyalaridan foydalanish asosida bo‘lajak muhandislar kasbiy kompetentligini rivojlantirishda “experience exchange”, “technical consulting” va “rotation” kabi interfaol metodlarni qo‘llash orqali umumkasbiy fanlarni o‘qitishga oid takliflardan Buxoro-muhandislik texnologiya institutida №AIF2/20 “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” (2019-2021 yy) mavzusida bajarilgan loyiha doirasida foydalanilgan (Buxoro-muhandislik texnologiya instituti 2021 yil 7 iyuldagi 392-U-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga imkoniyat yaratilgan;
bulutli xizmatlarning moslashuvchanlik, tezkorlik va virtuallashtirish kabi didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida, bulutli saqlovchilarda joylashtiriladigan va tarqatiladigan elektron ta’lim resurslarini yaratish va ularni amalga oshirishning pedagogik shartlarini (shaxsiy-motivatsion, tashkiliy-metodtik va moddiy-texnik) ishlab chiqish orqali talabalar kasbiy kompetentligini rivojlantirishning o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirishga oid takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining №AIF1/4 “Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi halqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 13 dekabrdagi 02-2069-2074-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish