Rahimov Adham Barat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Ingliz tili o‘quv fani misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped772.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsalieva Muxabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta`lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentliginini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentligini shakllantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, faoliyatli, kompetentli, lingvomadaniy, shaxsiy-yo‘naltirilgan, integrativ, loyihaviy yondashuvlar asosida xorijiy til bo‘yicha o‘quv dastur mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini xorijiy tillarni bilish kompetentligining lingvistik, ijtimoiy-lingvistik va pragmatik komponentlarini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli-faoliyatli, diagnostik-natijaviy bloklarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash hamda pedagogika shart-sharoitlarni aniqlashtirish asosida modellashtirilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentligining rivojlanganligini baholashning motivatsion-maqsadli, lingvomadaniy, kommunikativ-faoliyatli, ijtimoiy-shaxsiy mezonlari ishlab chiqilib, kasbiy faoliyatga tayyorgarlikning samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashtirish natijasida optimallashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilariga xorijiy tillarni o‘qitishning ta’lim loyihasini algoritmlash CDIO (Conceive, Design, Implement, Operate) orqali xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish metodikasi (CPL, Stiphen Krashen, Mishel Thomas) xorijiy tildan texnik terminlar lug‘atining mobil ilovasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak professional ta`lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli-faoliyatli, diagnostik-natijaviy bloklarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida modellashtirilgan metodik modeldan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax politexnika institutining OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi (2017-2021 yy.) grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 31 martdagi 02-645-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur model talabalarning xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorgarlash imkonini bergan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida professional ta’lim yo‘nalishi talabalariga xorijay tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlar (emotsional-semantik, CPL, Case Study, Stiphen Krashen, Mishel Thomas), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalardan foydalanilgan, hamda CDIO ta’lim loyihasini algoritmlash, umumkasbiy (Nazariy mexanika. Materiallar qarshiligi) va ixtisoslik fanlari (Ichki yonuv dvigatellari. Avtotransport vositalarini diagnostikalash) bilan fanlararo o‘zaro bog‘liqlikda o‘qitish metodikasi kabi xulosalardan OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi (2017-2021 yy.) grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 31 martdagi 02-645-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning xorijiy tillarni bilish komptetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini xorijiy tillarni bilish kompetentligining lingvistik, ijtimoiy-lingvistik va pragmatik komponentlarini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, metodologik, mazmunli-faoliyatli, diagnostik-natijaviy bloklarning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash hamda pedagogika shart-sharoitlarni aniqlashtirish asosida modellashtirilgan xulosalardan OT-F1-049 “Talabalarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi (2017-2021 yy.) grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2022 yil 18 yanvardagi 02-079-son ma’lumotnomasi). Natijada mobil ilova bo‘lajak professional ta`lim o‘qituvchilarining xorijiy tillarni bilish kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.